Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vilnyus aeroporti havo sharlari sabab navbatdagi bor yopildi
Vilnyus aeroporti havo hududida havo sharlari bo‘lgan obektlar paydo bo‘lgani munosabati bilan vaqtincha cheklovlar joriy etildi.
Foto: Depositphotos
Yakshanba kuni, 30 noyabr kechqurun Vilnyus aeroporti yana bir bor havo bandargohi tomon harakatlanayotgan havo sharlari bo‘lgan obektlar sababli ishini to‘xtatdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Ma’lum qilamizki, 2025 yil 30 noyabr kuni soat 18:09 da Vilnyus aeroporti ustidagi havo hududida vaqtincha cheklovlar joriy etildi. Cheklovlar 21:00 gacha amal qiladi, — deyiladi xabarda. — Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vilnyus aeroporti tomon harakatlanayotgan, havo sharlariga xos navigatsiya signallari qayd etilgani tufayli havo hududida cheklovlar joriy etish haqida qaror qabul qilingan».
Gap Belarus hududidan Litvaga sigaretani kontrabanda yo‘li bilan olib kirish uchun ishlatiladigan, meteozondlar deb ataladigan havo sharlari haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. Litva Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon mamlakatda bunday havo sharlari Litva havo hududiga kirib kelganiga oid yarim mingga yaqin holat qayd etilgan.
Shu kabi sigareta kontrabandasiga mo‘ljallangan havo sharlarini Latviya va Polsha chegarachilari ham aniqlamoqda. Biroq so‘nggi haftalarda Litva uchun muammo shundaki, meteozondlar bevosita Vilnyus aeroportiga yaqin hududgacha yetib kelmoqda. Shu sabab xalqaro aeroportda parvozlarga cheklovlar joriy etilmoqda. Reuters agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, oktyabr oyi boshidan buyon Vilnyus aeroportida bunday choralarga kamida o‘n marta murojaat qilingan.
Litva rasmiylari Vilnyus aeroporti ishining havo sharlari sabab buzilishi Rossiyaning Belarus yordamida NATO mamlakatlariga qarshi olib borayotgan gibrid operatsiyasining bir qismi, deb hisoblaydi. Oktyabr oyida Litva Belarus bilan chegaradagi ikkala nazorat-o‘tkazish punktini yopgan edi.
Biroq meteozondlar ma’lum vaqtgacha Vilnyus aeroporti yaqinida paydo bo‘lmay qolgandan so‘ng, o‘tgan haftada bu nazorat-o‘tkazish punktlari ishi yana tiklandi.
Mavzuga oid
10:03 / 03.12.2025
Litva 2026 yilda armiyaga 5 ming kishini chaqirishni rejalashtirmoqda
14:58 / 02.12.2025
YeI Litvaga qarshi gibrid hujumlar sabab Belarusga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
14:47 / 02.12.2025
Wise Rossiya va Belarus fuqarolarining kartalarini YeI sanksiyalari asosida blokladi
21:24 / 27.11.2025