Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Sud Rossiyada bo‘lib turgan Azarovni davlatga xiyonat qilish va konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga urinishda aybdor deb topdi.
Kiyevning Pechyorskiy tuman sudi Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovni sirtdan barcha mol-mulki musodara qilingan holda 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozdi «Suspilne».
Hukm 25 noyabrda chiqarilgan, ammo ish materiallari faqat 2 dekabrda e’lon qilindi, deb ta’kidladi nashr. Bugun sud hukmiga ukrainalik jurnalistlar e’tibor qaratdi.
Sud Rossiyada bo‘lib turgan Azarovni davlatga xiyonat qilish va konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga urinishda aybdor deb topdi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Azarov o‘zining telegram-kanali orqali Rossiya propagandasini tarqatgan, bunda unga ilgari Kiyevning Shevchenkovskiy tumani ma’muriyatida ishlagan ikki nafar Ukraina fuqarosi yordam bergan. Tergovning fikricha, ular yozgan, tahrir qilgan va «nashr qilish uchun kuratorlarga provokatsion matnlarni yuborgan».
Nikolay Azarov 2010-2014 yillarda Ukraina bosh vaziri lavozimida ishladi. Uning nomzodini ushbu lavozimga mamlakatning o‘sha paytdagi prezidenti Viktor Yanukovich taklif qilgan.
2014 yilda Yanukovich prezidentlik lavozimidan mahrum bo‘lgach, Azarov Ukraina hududini tark etib, Rossiyaga ko‘chib o‘tdi. Ukraina rasmiylari Azarovga qarshi bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atgan, ayni paytda u qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026