Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 30 mln dollarlik infuzion dori ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida infuzion dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatdagi yetakchi korxonalardan biri sanalgan, qiymati 30 million dollarlik River Med Pharm korxonasi faoliyati bilan tanishdi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan infuzion eritmalarning taxminan 20 foizi shu yerda tayyorlanmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mazkur korxonada bemor hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan infuzion eritmalar mutlaq steril sharoitda, yuqori aniqlik va xalqaro standartlarga to‘liq mos holda ishlab chiqariladi. Korxona yiliga 70 turdagi, umumiy 114 million dona dori vositalarini ishlab chiqarmoqda, ularning 20 foizi eksport qilinayotgani korxonaning xalqaro raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.

Noyabr oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilib, ishlab chiqarish quvvatlari yanada kengaytirildi. Endi korxona yiliga 30 million dona infuzion eritmalar, 70 million donadan ortiq quruq antibiotiklar va qariyb 20 million dona ko‘z-burun tomchilari ishlab chiqaradi.

Davlat rahbariga korxonaning kelgusi rejalari — mahsulot turlarini 200 xilga yetkazish, shisha va plastik idishlardagi inʼeksiya uchun eritmalar, shuningdek, yangi turdagi tabletka va kapsulalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ish o‘rinlari sonini mingtaga yetkazish rejasi haqida ham ma’lumot berildi.
Prezident Mirziyoyev shu yerda viloyat faollari va nuroniylar bilan muloqot qilib, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yoshlar tarbiyasi va hudud kelajagiga oid muhim masalalar yuzasidan fikr almashdi.




Mavzuga oid
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
14:00 / 24.12.2025
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
20:24 / 23.12.2025