Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 8 dekabrdan havo sovishi kutilmoqda
Mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, markaziy hududlarda havo harorati kechalari −2…−5 darajagacha, kunduzi +3…+6 darajagacha pasayadi.
Foto: Kun.uz
Joriy yilning 8–10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘z sahifasida xabar berdi.
8–9 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 8–10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9–10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15–18 metr/soniyagacha, ayrim joylarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayadi.
10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin, kechalari –2...–5 darajagacha, kunduz kunlari –3...–6 darajagacha, shimolda kechalari –7...–10 darajagacha, kunduz kunlari 0...–3 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
«O‘zgidromet» 6–9 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ham ogohlantirdi.
Jumladan:
- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
12:12
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025