Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi energetika quvvatlari hisobiga O‘zbekiston aholisining yillik elektr iste’moli to‘liq qoplanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan marosimda qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obekti foydalanishga topshiriladi, yana 21 ta yangi loyiha qurilishiga start beriladi.
Ma’lum qilinganidek, hududlarda jami 3 ming 500 megavatt quvvatga ega 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Ushbu obektlar to‘liq quvvatda ishlay boshlashi natijasida yiliga 15 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi generatsiya qilinadi. Kelgusi yilda «yashil» energiya ishlab chiqarish hajmini 23 milliard kilovatt-soatga yetkazish rejalashtirilgan.
– E’tibor bering, bu – O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplanadi, deganidir, – dedi prezident.
Eng muhimi, «toza» energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi qariyb 7 milliard kub metrga kamayishi, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar hajmi esa 11 million tonnaga qisqarishi qayd etildi.
Shu bilan birga, 1 ming 245 megavatt quvvatga ega 10 ta energiya saqlash tizimi ham ishga tushirilmoqda. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.
Foydalanishga topshirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari esa milliy energetika tizimining barqaror ishlashiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:50 / 18.03.2026
Xitoy Buxoroda 75 mln dollarlik “yashil” energiya loyihasini amalga oshiradi
09:05 / 15.03.2026
Prezidentning IIVga e’tirozi, energetik mustaqillik va o‘pirilgan yo‘l - hafta dayjesti
11:23 / 14.03.2026
Metan-shoxobchalar bugun soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi
07:23 / 13.03.2026