Qoidabuzarlar Toşkentda 222 km/soat tezlikda maşina haydadi: buning uçun jinoiy jazo bölişi kerak. Jahon savdo taşkilotiga a’zolik keçikişi mumkin: hukumat 8 yilgaça imtiyozli davr sörayapti. Gaz masalasi siyosiy kun tartibida: energetik mustaqillikni maksimal ta’minlaş vazifasi qöyildi. Davlatga nisbatan işonç masalasi: prezident internetda video çiqmagunça qimirlamaydigan mas’ullarni tanqid qildi.

Tugayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Kamera qarşisida – navbatdagi uzrlar

Avtomobilni haddan taşqari katta tezlikda boşqariş, haydaş huquqi bölmagan şaxsning maşina boşqarişiga yöl qöyib beriş kabi yuqori xavfga ega huquqbuzarliklar uçun qonunlarda yozilgan jazolar mutlaqo preventiv emasligi borgan sari yaqqolroq közga taşlanyapti.

Avvalgi haftalardagi rezonansli voqealarga qaramay, odamda xavotir uyğotadigan, özimiz va yaqinlarimizning köça-köydagi xavfsizligi borasida köngilga ğulğula soladigan holatlar hamon röy beryapti. Bu safar Mercedes-Benz G klassdagi şovvozlar Toşkent şahri köçalarida naq 222 km/soat tezlikda harakatlanib, öz qilmişini internetda maqtandi.

Mas’ullar bu Geländewagen'dagi Ismatillo Komiljonov va Şahzod Ahmadjonov ismli ikki qoidabuzarni kamera qarşisida uzr sörattirib, jarimadan taşqari “mayda bezorilik” moddasi bilan 15 sutkaga qamagan bölsa ham, bunday qoidabuzarlarga qarşi samaraliroq kuraşiş böyiça jamoatçilik sörayotgan institutsional çoralar masalasida sukut saqlayapti.

Bizningça, aholi punktida, bölganda ham millionlab odam yaşaydigan şahar köçalarida ruxsat etilganidan karrasiga yuqori tezlikda avtomobil boşqariş – jinoyat deb e’tirof etilişi, tarmoqlarda köplab faollar yozganidek, bunday qilmiş uçun jinoyatçi haydovçilik huquqidan uzoq vaqtga mahrum etilib, avtomobili jinoyat quroli sifatida musodara qilinişi kerak. Bunday keskin çoralar bölmas ekan, qoidabuzarlar tezlik uçun maksimal 6 mln sömlik, çegirma bilan 3 mln sömga tuşadigan jarimani jazo emas, qoidabuzarlik qilişga imkon beradigan “çipta narxi” deb hisoblaşda davom etaveradi.

Sönggi kunlarda “mayda bezorilik” moddasi bilan qamalgan yana bir şaxs – farmatsevtika sohasidagi katta tadbirkorlardan biri Nozim Azizov. Uning 13 yoşli ikki egizak öğillari Lexus va boşqa avtomobillarni boşqarib, jamoat xavfsizligiga tahdid uyğotgan, bir neça marta hatto svetoforning qizil çiroğidan ötib ketgan. Keyinroq Azizov bu masalada gaplaşiş uçun borgan mahalla odamlari bilan janjallaşib ketgan. Oxir-oqibat ota ham, farzandlari ham uzr sörab çiqdi; otaga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

8 yilgaça ötiş davri

26 mart kuni Kamerunda Jahon savdo taşkilotining eng oliy organi – Vazirlar konferensiyasi boşlanadi. Özbekiston ayni şu konferensiyada taşkilotga a’zo bölib kirmoqçi edi. Lekin aftidan, jarayon çözilişi mumkin. Boş muzokaraçi Azizbek Urunov buni Özbekiston tomoniga boğliq bölmagan sabablar bilan izohladi.

“Ayrim mamlakatlar bor, hujjatlarimizni köriş jarayonini çözmoqda. Qaysi mamlakatlar ekanini oçiqlasam notöğri böladi. Bor şunaqa mamlakatlar. Ular bilan gaplaşib, şu jarayonni tezlaştirişga harakat qilyapmiz”, – dedi u.

Urunov taşkilotga a’zolikdan keyin ham import bojlari orqali ayrim sohalarni taşqi raqobatdan himoya qiliş 3 yildan 8 yilgaça davom etişi mumkinligini aytdi.

“Umumiy olib qaraganda, ha, bojlar kamaytiriladi, lekin biz uçun ta’sirçan sohalar bor, ular böyiça tariflarni erkinlaştirişda 3 yil, 5 yil, 7 yil, 8 yilgaça ötiş davrini ham kelişgan joylarimiz bor. Ta’sirçan yönalişlar deganda, bu qişloq xöjaligi, yengil sanoat, avtomobil sanoati kabilar bölişi mumkin”, – dedi Urunov.

Prezident Özbekistonning energiya mustaqilligini maksimal ta’minlaşni buyurdi

Oxirgi yillarda köp bora tilga olinayotgan energetik mustaqillik masalasi 10 mart prezident huzurida muhokama qilindi. Prezident administratsiyasida neft-gaz sohasi böyiça şu’ba mudiri Behzod Normatovning sözlariga köra, davlat rahbari Özbekistonning “energiya mustaqilligini maksimal ta’minlaş” topşiriğini bergan. Topşiriq ijrosi doirasida nafaqat “Özbekneftgaz”, balki Özbekistondagi gaz zaxiralarining 25 foizini boşqarayotgan xususiy va xorijiy korxonalarning ham samaradorligini oşiriş çoralari köriladi.

“Özbekiston hududida faoliyat yuritayotgan, hozirgi paytda zaxiralarimizning 25 foizini boşqarayotgan xususiy va çet el korxonalari böyiça ma’lumot berildi. Ularning ham işlari körib çiqiş va faoliyatlari samaradorligini oşiriş böyiça topşiriqlar oldik.

[...] Prezidentimiz respublikamizda gazdan foydalaniş, umuman, energiya tizimining samaradorligini qaytadan körib çiqiş kerakligini, maksimal darajada Özbekistonning energiya mustaqilligini ta’minlaş böyiça qanaqa işlar qilinişi kerakligi böyiça topşiriqlar berdi”, – dedi Normatov “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Bu yiğiliş – “Özbekneftgaz”da rahbar almaşganidan keyin prezident huzurida mazkur soha böyiça ötkazilgan oxirgi 2 oy içidagi törtinçi yiğiliş böldi. Unda kompaniya rahbari Abduğani Sanginov yil boşidan beri 11 ta yangi gaz quduği işga tuşirilganini ma’lum qildi. Yiğilişdan ikki kun ötib, 12 mart kuni Ustyurtdagi yana bir quduqdan tabiiy gaz oqimi olingani, uni iste’molçilarga yetkaziş “tez kunlarda” yölga qöyilişi e’lon qilindi.

Gaz konlarini özlaştiriş böyiça ayniqsa Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik faol yölga qöyilyapti. 7 mart kuni “Özbekneftgaz” Xitoyning CNPC milliy korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi XIBU kompaniyasi bilan şartnoma tuzdi. Unga asosan, 2026-2027 yillarda 30 ta quduqni burğilaş uçun 450 tonna yuk kötariş quvvatiga ega 10 ta burğilaş dastgohlari olib kelinadi.

Şu fonda, Özbekistondagi eng taniqli xususiy pudratçilardan biri barça energetika loyihalaridan çetlatilişi mumkinligi, unga qaraşli önlab kompaniyalar qarzlarni tölaş uçun davlat tomonidan sotilişi haqida xabarlar tarqalyapti. Uşbu xabarlar yuzasidan hozirça rasmiy izohlar bölmadi.

“Içki işlar xodimlarining qöpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik köp”

Davlat organlarining aholi murojaatlariga e’tiborsizligi sabab odamlarning davlatga bölgan işonçiga putur yetyapti. Bu haqda juma kungi selektorda prezident Şavkat Mirziyoyev aytib ötdi. Davlat rahbari kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan holatni misol qilib keltirdi. Ma’lum bölişiça, Sergeli tumanidagi Junariq kanali ustidan ötgan köprik buzib taşlanganidan keyin, uzoqroqdagi boşqa köprikka borişni xohlamagan öquvçilar kanal ustidan ötgan quvurdan köprik sifatida foydalana boşlagan.

Yanvar oyida bir maktab öquvçisi kanalga tuşib ketganidan keyin, fuqarolardan biri köprikni tiklaşni sörab murojaat qilgan, lekin 2 oy davomida birortayam mas’ul bunga e’tibor qaratmagan, fuqaroning murojaatiga yuzaki javob berib yuborilgan.

“Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablağ ham topilgan, köprik ham qurilgan. Murojaatlar bilan işlaşdagi bunday kamçiliklar odamlarning davlatga bölgan işonçiga putur yetkazmoqda”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev aholidan içki işlar tizimi böyiça tuşayotgan şikoyatlarga ham alohida e’tibor qaratdi.

“Ayniqsa, içki işlar xodimlarining qöpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik köp. Jörayev, Aşrapov har ming kişiga nisbatan eng köp ariza tuşayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarşi, Namangan, Jizzax, Farğona, Çirçiq şaharlariga borib, aholi muammolarini yeçsa böladi-ku?” – dedi davlat rahbari.

Yiğilişda aholi murojaatlari bilan işlaş böyiça hukumatda tezkor ştab tuziş, içki işlar xodimlarining kasbiy madaniyatini oşiriş, sotsiologik tadqiqotlar kölami va sifatini oşiriş kabi qator çoralar belgilandi.

Bir yilda 250 ta hokim yordamçisi korrupsiyaga qöl urdi

Odamlarning davlatga bölgan işonçini belgilaydigan yana bir omil – korrupsiya darajasi. Bu haqdagi muhokamalar markazida yana hokim yordamçilari turibdi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Oliy sudga tayanib bergan ma’lumotlarga köra, 2025 yilda respublika böyiça 153 ta jinoyat işi doirasida 252 nafar hokim yordamçisi korrupsion jinoyatlar uçun javobgarlikka tortilgan.

Ötgan yili korrupsiyada ayblangan 252 nafar hokim yordamçisidan 37 nafari ozodlikdan mahrum etilgan; 38 nafariga ozodlikni çeklaş, 12 nafariga jarima jazolari tayinlangan. 160 nafar hokim yordamçisi korrupsion jinoyati uçun ahloq tuzatiş işlari jazosini olgan.

Oxirgi misollardan biri – Toşkentning Yaşnobod tumanidagi mahallalardan birida işlab kelgan hokim yordamçisi. U ötgan hafta öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda 5 ming dollar olgan paytda qölga tuşgandi. Bu iş doirasida tuman hokimligidagi bölinma rahbari ham 600 dollar bilan uşlangan. Hokimlik xodimlari turar joyni noturar toifaga ötkazib beriş va’dasi bilan firibgarlik qilişda ayblanyapti.

Bu hafta Raqobat qömitasi ham 2025 yilga oid qiziq bir statistikani oçiqladi. Bu statistika korrupsiya eng ildiz otgan yönalişlardan biri – davlat xaridlariga doir. Ma’lum bölişiça, ötgan yili qömita tekşirgan 23 mingta davlat xaridida raqobatga zid 28 mingta holat aniqlangan. Qonunbuzarliklar soni davlat xaridlari sonidan ham köpligiga qaraganda, bir emas, bir neçta qoidabuzarliklar bilan ötayotgan davlat xaridlari juda köp.

Raqobat qömitasi ötgan yili qariyb 19 trillion sömlik 23 mingta davlat xaridini tekşirgan bölsa, şundan 16 mingtasida raqobatga zid harakatlarni topgan. Masalan, 8600 ta holatda muayyan kompaniyalar uçun imtiyozli şart-şaroitlar qilib berilgan. Bu kabi holatlar uçun yil davomida qariyb 700 nafar mansabdor şaxs ma’muriy jarimaga tortilgan, deyiladi rasmiy xabarda.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Karmana tumani hokimi öqituvçilarni hokimlikka yiğib, qariyb 1 soat turğizib qöydi. Şohrux Boltayev tumandagi 9-maktabga borib, öquvçilarga turli savollar bergan, şe’r aytib berişni söragan. Lekin hayajonlangan öquvçilar şe’r aytib berolmagan. Bundan ğazablangan hokim maktabning barça öqituvçilarini avtobusga solib, tuman hokimligiga olib borişni buyurgan. U Kun.uz bilan suhbatda bu işini “tumanda ta’lim sifatini kötarişga harakat” deb izohladi. Maktab vazirligi amaldorlarning pedagoglar faoliyatiga aralaşişini “qattiq qoralab”, holat örganilayotganini ma’lum qildi.

Toşkentda 1,5 yil oldin qurilgan yöl öpirilib tuşdi. Temur Malik köçasi ustidan ötgan yöl ötkazgiçning Buyuk ipak yöli köçasiga olib çiquvçi qismidagi tirgak devor bir neça kunlik yoğingarçilikka bardoş berolmagan. Yöl ötkazgiç 2024 yilda 128 mlrd sömga qaytadan qurilib, öşa yili mustaqillik bayrami arafasida foydalanişga topşirilgan edi. Toşkent şahar hokimligiga köra, hodisadan keyin ötkazilgan tekşiruvda köprikning özida heç qanday kamçilik aniqlanmagan. Hokimlik holat böyiça atrofliça örganiş işlari ketayotganini ma’lum qildi.

Xususiy qöllarga ötganidan keyin zararga kirib ketgan “Kvars” zavodi davlat ixtiyoriga qaytarilgaç, yana foyda bilan işlay boşladi. Moliyaviy hisobotiga köra, kompaniya 2025 yilni 1,3 mlrd söm sof foyda bilan yakunlagan. Qayd etiş kerak, “Kvars” AJ xususiylaştirilmasidan avval yiliga 50-60 mlrd söm sof foyda bilan işlab kelgan, lekin 2023 yil fevralida “Quvasoysement” AJga sotilganidan keyin öşa yili 22 mlrd söm, 2024 yilda esa 142 mlrd söm (!) zararga kirib ketgan edi. Kompaniyani bölib tölaşga olgan xaridor pulni tölayvermagaç, ayrim voqealardan keyin zavod 2025 yil fevralida davlat ixtiyoriga qaytarilgan.

Özbekistonda oxirgi ikki oyda 45 ta jinoiy guruh foş etildi. IIV xabariga köra, yanvar–fevral oylarida kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş uçun 6 mingdan ortiq tezkor tadbirlar ötkazilgan va ularda 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgan. 12 mart kungi yiğilişda prezident uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşni kuçaytiriş, xususan jangovar sport turlari böyiça yaşirin tarzda uyuştirilayotgan noqonuniy janglarga barham berişni buyurdi. Şuningdek, moliyaviy piramidalar va onlayn firibgarliklar uçun javobgarlik kuçaytirilişi kutilmoqda.

Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uçun jazo oğirlaştirildi. 11 mart kuni imzolangan qonunga asosan, elektr energiyasi, issiqlik, gaz va suv tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş yoki ulardan noqonuniy foydalanganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuçaytirildi. Masalan, svetga noqonuniy ulanganlik uçun jarima jismoniy şaxslar uçun 4–6 mln sömdan 6–8 mln sömgaça oşirilyapti. Mansabdor şaxslar esa endi bunday qilmiş uçun 12 mln sömgaça jarimaga tortilişi mumkin. Qonun 3 oydan keyin kuçga kiradi. Eslatib ötamiz, uşbu huquqbuzarlikni ma’muriy jarimadan keyin takroran sodir etiş jinoyat hisoblanadi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova