Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya tashqi ishlar vaziri X ijtimoiy tarmog‘ining jarimaga tortilishini "bu faqat boshlanishi" deb izohladi
Avvalroq Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Toma Renyye Yevrokomissiya raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun X platformasi 120 million yevro jarimaga tortilganini ma’lum qilgandi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro amerikalik tadbirkor Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘iga 120 million yevro jarima solinishi "faqat boshlanishi" ekanligini aytdi.
Avvalroq Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Toma Renyye Yevrokomissiya raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun X platformasi 120 million yevro jarimaga tortilganini ma’lum qilgandi.
"Bizda yirik platformalar uchun shaffoflik majburiy tusga ega. Qoida hammaga bir xil. TikTok buni qabul qildi, X rad etdi. Yevrokomissiya keskin chora ko‘rdi va to‘g‘ri qildi. Bu faqat boshlanishi", - deb yozdi Barro o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Yevrokomissiya iyulda X tarmog‘ini Yevroittifoqning raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunini buzayotgani haqida ogohlantirgan, qonunbuzilishlar bartaraf qilinmagan taqdirda kompaniyaga yillik aylanmasining 6 foizigacha miqdorda jarima solish bilan tahdid qilgandi.
Yevroittifoqda raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun 2023 yil avgustdan kuchga kirgan. Unga ko‘ra, raqamli platformalar irqchilik, giyohvandlik moddalari va qalbaki mahsulotlar savdosi, bolalar pornografiyasi va dezinformatsiyaga qarshi kurashishi shart.
Yevrokomissiya aniqlangan qonunbuzilishlar to‘g‘risida X, Meta, TikTok kabi yirik platformalarga muntazam ravishda ogohlantirishlar yuboradi va sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qiladi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026