Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov strategik hamkorlik va yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida uni tavallud kuni bilan tabriklab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi masalalarini muhokama qildi.
Muloqot avvalida Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va omad tiladi. Qardosh Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va barqaror ravnaq tilab o‘tdi.
Suhbat davomida keyingi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida erishilgan yutuqlar katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta’kidlanishicha, barcha darajadagi aloqalar izchil davom etmoqda, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvlar ikki xalqni yanada yaqinlashtirib bormoqda.
Yetakchilar alohida tarzda “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li hamda Qambarota GES-1 qurilishi kabi mintaqaviy ahamiyatga molik strategik loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida fikr almashdilar. Ushbu loyihalar Markaziy Osiyoda transport-tranzit salohiyatini oshirish va energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tomonlar shuningdek mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, qo‘shma sa’y-harakatlarni izchil davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Mavzuga oid
18:57 / 31.05.2026
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
07:40 / 07.05.2026