Sog‘lom hayot | 09:50
429
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi bo‘yicha hududlar orasida yetakchi

Toshkent shahri sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha mamlakat hududlari orasida mutlaq yetakchi hisoblanadi. 2025 yil yanvar–oktyabr oylarida poytaxtda ushbu xizmatlar hajmi 7,7 trln so‘mga yetgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davr mobaynida O‘zbekiston bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari umumiy hajmi 16,5 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga ko‘pdir. Jami bozor xizmatlari hajmida sog‘liqni saqlash xizmatlarining ulushi 2 foizga teng bo‘ldi.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m;
  • Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m;
  • Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m;
  • Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 285,6 mlrd so‘m;
  • Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.

Statistik ma’lumotlar poytaxtda sog‘liqni saqlash xizmatlariga bo‘lgan talab va ularning bozordagi ulushi boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid