Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
216 yosh – amerikalik keksa er-xotin Ginnesning aql bovar qilmas rekordini o‘rnatdi
Amerikalik er-xotin Layl va Eleonor Gittens aql bovar qilmaydigan jahon rekordini o‘rnatdi: ular dunyodagi eng uzoq umr ko‘rgan juftlikka aylandi.
Foto: LongeviQuest
Ginnesning rekordlar kitobi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida amerikalik juftlik - Layl va Eleonor Gittensning yutug‘ini qayd etdi.
Erkak va ayol rasman hozir yashayotganlar orasida ham, butun kuzatuvlar tarixida ham eng keksa er-xotin deb tan olindi. Rekord o‘rnatilgan vaqtda ularning umumiy yoshi 216 yosh-u 132 kun (Layl 108 yoshda, Eleonor 107 yoshda).
Shuningdek, Layl va Eleonor turmush qurish davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 83 yil. Rekordlar uzoq umr ko‘rishni o‘rganish bo‘yicha xalqaro LongeviQuest tashkiloti tomonidan tasdiqlangan.
Layl va Eleonor 1941 yilda Atlanta (AQSh) Klark universiteti basketbol o‘yinida tanishgan. Bir yildan so‘ng, 1942 yilda, Laylning armiyaga chaqirilishi yaqinlashayotganiga qaramay, ular turmush qurdi. To‘y 4 iyun kuni bo‘lib o‘tdi - kelin-kuyovga harbiy tayyorgarlikdan atigi uch kunlik ta’til berildi.
Ikkinchi jahon urushi paytida Layl Italiyada AQSh armiyasining 92-piyoda diviziyasi tarkibida xizmat qildi. Eleonor birinchi farzandini kutayotganda Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi, samolyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyada ishladi va eri bilan xat yozishdi.
Urushdan keyin er-xotin Nyu-Yorkda o‘rnashib, uchta farzandni: o‘g‘li Layl Rojyers va qizlari Anjyela va Igneni tarbiyaladi.
Ikkalasi ham davlat xizmatida ishladi va Eleonor 69 yoshida Fordham universitetida shahar ta’limi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
So‘nggi yillarda er-xotin Mayamida qizi Anjyela bilan birga yashayapti. Layl Nyu-Yorkni sog‘inganini tan oladi, lekin uning uchun eng muhimi – sevimli rafiqasining yonida bo‘lish.
Bungacha nikoh davomiyligi bo‘yicha rekordchilar braziliyalik 105 yoshli Manoel Anxelim Dino va 101 yoshli Mariya de Souza Dino bo‘lgan edi. Ular 84 yil-u 77 kun birga yashadi, ammo 2025 yil noyabrda Manoel o‘limidan so‘ng rekorddan mahrum bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:50 / 28.11.2025
Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash: turmush o‘rtoq tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?
11:46 / 16.10.2025
Yil boshidan beri 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
14:47 / 17.08.2025