2024 yilda Özbekistonda 271 776 ta nikoh qayd etilgan. 45 135 ta oila esa ajraşgan. Eng e’tiborli jihati — ajrimlarning 54 foizi “xarakter mos kelmagani” sababli sodir bölgan.

Demak oila quriş faqat töy va sevgi emas — bu ikki insonning fe’l-atvori, dunyoqaraşi va hayotga yondaşuvi qay darajada uyğun ekani bilan bevosita boğliq. Ammo köp özbek oilalarida tanlov köpinça “kattalarga havola” qilib qöyiladi. Natijada qiz yoki yigitning haqiqiy xohişi, ehtiyoji e’tibordan çetda qoladi.

Şunday ekan, oilalarni mustahkamlaş va ajrimlarni kamaytiriş uçun turmuş örtoq tanlaşga yondaşuvni töğri taşkil etiş muhim vazifa.

Turmuş örtoq tanlaş: qizlarga örgatilişi kerak bölgan 6 asosiy mezon

1. Xulq va xarakter birinçi örinda turişi kerak. Yaxşi, insofli, mas’uliyatli va sizni hurmat qiladigan yigit — oila poydevori. Aksinça, doim jahl bilan gapiradigan, nazoratçi, haqorat qilişga moyil erkak bilan tinç hayot keçiriş qiyin.

2. Har qanday vaziyatda ham u sizning yoningizda tura oladimi? Çunki oilada doim ham yaxşi vaziyat bölavermaydi, ba’zida er-xotin qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölişadi. Qiz şunday yigitni tanlaşi kerakki, u qiyin paytda qoçib ketmasin, muammoni birga hal qilsin, “sening muammong — mening muammom” deb yonida tursin.

3. Yigitdagi emotsional barqarorlik juda muhim. Agar u haftada bir-ikki kun izsiz ğoyib bölib tursa, xafa bölganda jim “yöqolib” qolsa, sizdan “öç oliş”ni odat qilgan bölsa — bu xavfli signal. Bunday munosabat qizni ruhan sindiradi.

4. Dunyoqaraşlar mos kelişi kerak, çunki oilada tinçlik — ikki kişi bir-birini tinglaşi va tuşunişi bilan boşlanadi. Faqat taşqi köriniş, boylik yoki romantika asosida tanlov qiliş katta xato. Özingizga savol bering: “Biz hayotdan bir xil narsani istaymizmi?” Agar javob “ha” bölsa omadli nikohdan darak.

5. Yigitning ayolga va oilaga bölgan munosabatini örganing. Yigit onasiga, opa-singlisiga, qarindoş ayollarga qanday munosabatda? Şu munosabat ertaga xotiniga böladigan munosabatning oynasi.

6. Kuyovning moliyaviy imkoniyatlari, albatta, hamma uçun muhim. Ammo siz uning boy-kambağal ekanini emas, qançalik mas’uliyatli ekanini tekşiring. Asosiy savol — u işlaydimi, rivojlanişga harakat qiladimi, mas’uliyatni his qiladimi? Boylik emas, barqarorlik oilada katta örin tutadi. Boylik böliş şart emas. Lekin işga, xarajatga va mas’uliyatga jiddiy yondaşişi — muhim mezon.