Özbekistonda 2025 yilning 9 oyida 155 nafar 15-17 yoşdagi qiz erta turmuşga berilgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudayarov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Erta turmuş quriş va qarindoş-uruğlar örtasidagi nikohlardan köplab nogiron farzandlar tuğiliş ehtimolini zamonaviy tibbiyot isbotlagan», dedi u.

Şuningdek, vazir xotin-qizlarning intervalga rioya qilmagan holatda bir kalendar yilida ikki marta homilador böliş holatlari, nimjon, salomatligiga putur yetgan farzandlarning dunyoga keliş holatlari ham prezident boşçiligida ötkazilgan selektorda eslab ötilganini aytdi.

Xudayarovning ta’kidlaşiça, yuqoridagi holatlar böyiça aholi orasida keng qamrovli va ta’sirçan tarğibot usullari ötkaziladi. «Agar mana şunday holatlar takrorlanadigan bölsa, buni mahalla darajasida muhokama qilib, bartaraf etiş çoralari köriladi», - dedi vazir.