O‘zbekiston | 10:59 / 10.12.2025
1045
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari va yetakchi fermerlar, agrar sohadagi mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir doirasida tarmoq rivojiga katta hissa qo‘shgan bir guruh soha vakillariga davlat mukofotlari topshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar natijadorligi, yaxshi natijalar va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar, hosildorlikni yanada oshirish, resurslardan samarali foydalanish hamda agrar tarmoqda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda fermerlar va soha mutaxassislarining taklif va fikrlari ham eshitilib, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, sharoitlarni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olinishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid