Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bir yil ichida 2,5 million noqonuniy migrantni chiqarib yubordi
Ulardan 1,9 million kishi «o‘z-o‘zini deportatsiya qilish» imkoniyatidan foydalangan.
Foto: Reuters
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan buyon mamlakatni 2,5 million noqonuniy migrant tark etgan.
«600 ming noqonuniy migrant 365 kundan kamroq vaqt ichida mamlakat hududidan deportatsiya qilindi. O‘z-o‘zini deportatsiya qilishdan foydalangan 1,9 million kishi bilan birgalikda [AQShni tark etgan] noqonuniy migrantlarning umumiy soni 2,5 milliondan oshdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Bunda eng xavfli huquqbuzarlar - og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlangan.
«Noqonuniy migrantlar bizning ketish chaqirig‘imizni eshitmoqda. Agar ular buni ixtiyoriy ravishda qilmasa, biz ularni topamiz, hibsga olamiz va ularning AQShga qaytish imkoniyati butunlay yopiladi», deyiladi vazirlik xabarda.
Hisobotda, shuningdek, migrantlarga uyga bepul qaytish va 1 ming dollar miqdorida bir martalik yordam olish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovadan foydalanishga chaqiriq bor.
Avvalroq, o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden ma’muriyatini «ochiq chegara» va jinoyatchilar oqimi uchun tanqid qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp endi AQSh tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini o‘tkazishga va’da bermoqda.
Mavzuga oid
20:10
Trampning oltin kartasi sotuvi boshlandi. AQSh undan “milliardlab” pul ishlamoqchi
10:41
CNN: “Tugamas urush” Tramp uchun siyosiy yukka aylanmoqda, Yevropa muzokaralar tanazzulidan xavotirda
09:59
AQSh Venesuela sohillari yaqinida juda yirik neft tankerini musodara qildi
09:10