Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekopolitsiya reydlari: Toshkent shahri va viloyatida minglab obektlar tekshirilmoqda
Maxsus komissiya tomonidan atmosfera havosini ifloslantirayotgan manbalarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan reyd tadbirlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlarida izchil davom ettirilmoqda. Qisqa davr ichida minglab obektlar faoliyati o‘rganilib, yuzlab qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Foto: Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi
9 dekabr kuni Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari hamda Toshkent shahrida navbatdagi reydlar o‘tkazildi.
Reyd tadbirlari doirasida umumiy hisobda 3 222 ta obektning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani o‘rganildi. Tekshirishlar natijasida 24 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.
25 noyabr – 9 dekabr kunlari o‘tkazilgan keng qamrovli o‘rganishlar yakunlariga ko‘ra:
895 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ular bo‘yicha ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi;
atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va ekologik qonunchilikni buzgan 75 ta obekt (shundan Toshkent viloyatida 66 ta, Toshkent shahrida 9 ta) faoliyati 10 ish kuniga vaqtinchalik to‘xtatildi;
37 ta issiqxona obektlarida filtrlar o‘rnatildi;
6 ta issiqxona obekti gaz tarmog‘iga ulandi, yana 7 ta obekt tomonidan gazga ulanish uchun texnik shartlar olish maqsadida arizalar topshirildi.
Maxsus komissiya va mutasaddi idoralar tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish, ifloslanish manbalarini qisqartirish hamda qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:23
Toshkentda yo‘llar, svetoforlar va bekatlarni yangilash ishlari kuchaytirildi
09:31 / 09.03.2026
Toshkentda markaziy ko‘chalar ta’mirlanib, «aqlli» svetoforlar o‘rnatilmoqda
20:17 / 08.03.2026
Farg‘onada 90 tup tol noqonuniy kesildi
16:18 / 07.03.2026