Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
Qaror Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan YuNeSKO hukumatlararo qo‘mitasining 20-yig‘ilishida qabul qilindi.
Sumalak tayyorlash madaniyati YuNeSKO nomoddiy madaniy merosning reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bunday qaror 10 dekabr kuni Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan YuNeSKO Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 20-yig‘ilishi davomida qabul qilindi.
«Sumalak tayyorlash madaniyati» nominatsiyasi Tojikistonning YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan tayyorlangan va 2023 yilda tashkilotga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan edi.
Sumalak Sharq xalqlarida Navro‘z bayramining asosiy taomi va bahorning asosiy ramzidir. Uni tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq - 12 soatdan ortiq vaqt oladi. Katta qozonda olovda taom pishiriladi, buning uchun katta oila yoki qo‘shnilar bilan to‘planishadi va jarayon davomida xalq cholg‘u asboblarini chalib, an’anaviy qo‘shiqlarni kuylanadi.
YuNeSKO Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritishdan asosiy maqsad an’anaviy urf-odat va marosimlarni, bilim, ko‘nikmalarni saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazishdir.
Yig‘ilishda 66 ta milliy va ko‘p millatli nominatsiyalar ko‘rib chiqildi. Ularning 54 tasi nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga, 11 tasi tezkor muhofazaga muhtoj meros ro‘yxatiga kiritishga da’vogarlik qilgan.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
08:54 / 30.03.2026
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
16:36 / 21.03.2026