Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp uchinchi jahon urushi xavfi haqida ogohlantirdi
AQSh prezidentining aytishicha, avvalroq u Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuv tuzish imkoniyatini yaqin deb hisoblagan, biroq hududiy masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklar bunga jiddiy to‘siq bo‘lgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp uchinchi jahon urushi boshlanish xavfi borligini aytib, buni Ukraina atrofidagi vaziyat bilan bog‘ladi. Uning ogohlantirishicha, bu kontekstdagi «o‘yinlar» global mojaroga olib kelishi mumkin.
«Men avvalroq aytdim: agar hamma bunday o‘yinlarni o‘ynashda davom etsa, uchinchi jahon urushi bilan tugaydi. Biz bunday bo‘lishini istamaymiz», dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.
Trampning ta’kidlashicha, AQSh mojaroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmayapti, faqat muzokaralar jarayoni bilan cheklanmoqda. Shu bilan birga, u Ukraina va Yevropa davlatlari Vashingtonni vaziyatni hal qilishga faol jalb qilishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar NATO davlatlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi, bu esa keyinchalik Ukrainaga borib taqaladi.
AQSh prezidentining aytishicha, avvalroq u Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuv tuzish imkoniyatini yaqin deb hisoblagan, biroq hududiy masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklar bunga jiddiy to‘siq bo‘lgan. U bu muzokaralarni «1000 ga ko‘paytirilgan murakkab ko‘chmas mulk savdosi» deb ta’rifladi. Shuningdek, u taklif qilingan tinchlik rejasidan bandlardan biri chiqarib tashlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv konsepsiyasi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Ukraina xalqiga ma’qul kelgan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026