Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina harbiylari Rossiya suvosti kemasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi
Tarixda birinchi marta Sub Sea Baby suvosti dronlari Rossiyaning 636.3 sinfidagi «Varshavyanka» suvosti kemasini portlatgani ta’kidlanmoqda.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) navbatdagi noyob maxsus operatsiyani o‘tkazgani va Rossiyaning Novorossiysk portida suvosti kemasiga zarba berganini e’lon qildi.
Qayd qilinishicha, tarixda birinchi marta Sub Sea Baby suvosti dronlari Rossiyaning 636.3 sinfidagi «Varshavyanka» suvosti kemasini portlatgan.
Hujum qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Ukrainada ta’kidlanishicha, suvosti kemasi Novorossiysk portida joylashgan va uning bortida Ukraina hududiga zarba beruvchi «Kalibr» qanotli raketalarining to‘rtta uchirish moslamasi bo‘lgan.
Ukraina Mudofaa vazirligi SBU bayonotiga izoh bermadi.
Ta’kidlanishicha, «Varshavyanka» sinfidagi suvosti kemasining narxi taxminan 400 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi suvosti kemasi yo‘q qilingani haqida xabar bermadi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026