Jamiyat | 16:08 / 17.12.2025
1459
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya va Latviyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda xorijga ishga yuborish hamda viza rasmiylashtirib berishni va’da qilgan ikki nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro J.T.ni 7 000 AQSh dollari evaziga Norvegiyaga ishga yuborishini aytib, ushbu pullar hisobidan 84 mln so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.G‘. fuqaro E.J.ning ishonchiga kirib, uni Latviyaga borishi uchun shengen vizasini olib berish va ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 700 AQSh dollari olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid