Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB qorli ob-havoda haydovchilar va piyodalarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Poytaxtda qor yog‘ayotgani sabab yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida haydovchilardan harakat qoidalariga qat’iy amal qilish, tezlikni oshirmaslik va oraliq masofani saqlash so‘raldi.
Toshkent shahrida ayni paytda qorli ob-havo kuzatilayotgani munosabati bilan Toshkent shahar IIBB YHXB aholi va mehmonlarga murojaat qildi.
Murojaatda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, oraliq masofani saqlash, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik hamda yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarga hurmat bilan, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish zarurligi ta’kidlangan.
Shuningdek, kuchli qor va namlik sharoitida ehtimoliy xavflarni kamaytirish uchun transport vositalarini ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslik, avtomobillarni maxsus turargohlarda saqlash tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
12:24 / 12.01.2026
Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026