Tadbir Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi raisligida ötdi. Sammitda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham iştirok etdi.

Kun tartibida Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya örtasida “yaşil iqtisodiyot” va barqaror rivojlaniş, özaro boğliqlik va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, inson resurslarini rivojlantiriş kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Şavkat Mirziyoyev nutqida Yaponiya 20 yil muqaddam “Markaziy Osiyo plyus” muloqoti taşabbuskori bölganini qayd etib, Buyuk ipak yöli davridan şakllangan savdo-madaniy aloqalar, öxşaş an’ana va qadriyatlar özaro hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun mustahkam asos ekanini ta’kidladi. Prezident Yaponiyaning mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, infratuzilmasi, sanoat va energetika bazasini modernizatsiya qiliş, fan-ta’lim hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlaşga qöşayotgan hissasini yuqori baholadi.

Davlat rahbari “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan qator taşabbuslarni ilgari surdi. Xususan, sammitlarni davlat rahbarlari darajasida har ikki yilda bir marta ötkaziş taklif qilinib, navbatdagi uçraşuvlardan birini Özbekistonda qabul qilişga tayyorlik bildirildi.

Şuningdek, Özbekiston “Markaziy Osiyo – Yaponiya 2040” hamkorlik strategiyasini işlab çiqib, hujjatga mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanişiga kömaklaşiş va ularni global iqtisodiy jarayonlarga çuqur integratsiya qiliş böyiça aniq dastur va loyihalarni kiritiş tarafdori ekani aytildi. Yangi ğoya va takliflarni işlab çiqiş maqsadida mamlakatlarning yetakçi tahlil tuzilmalari iştirokida Ekspertlar forumini ta’sis etiş muhimligi qayd etilib, uning ilk majlisini kelgusi yili Toşkentda ötkaziş taklif etildi.

Iqtisodiy yönalişda Yaponiya moliya institutlarining savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaşini kengaytiriş qöllab-quvvatlanib, Markaziy Osiyoning infratuzilmasi va sanoatini rivojlantiriş investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş ğoyasi ilgari surildi. Uning negizida “Sifatli infratuzilma” böyiça dasturni yölga qöyiş, şuningdek, Yaponiya texnoparklarining Markaziy Osiyo tarmoğini — sanoat kooperatsiyasi, mahalliylaştiriş va texnologiyalar transferi mintaqaviy platformasini işga tuşiriş mumkinligi ta’kidlandi.