Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Xonadonida kuchli ta’sir qiluvchi va giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelgan fuqarodan tarkibida pregabalin psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan 189,3 gramm kukun va 217 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro A.X. Sirdaryo tumani, “Turkiston” MFY hududidagi xonadonida kuchli ta’sir qiluvchi va giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Undan tarkibida pregabalin psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan 189,3 gramm kukun va 217 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga yuborilgan.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
22:59 / 05.05.2026