Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘nalishli taksilar uchun respublika bo‘yicha 100dan ortiq yo‘nalishga tender o‘tkaziladi
Tender tanlovi g‘oliblari shahar, shahar atrofi, viloyat ichidagi shaharlararo va shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini qo‘lga kiritadi.
Respublika bo‘yicha 113 ta yo‘nalish ochiq elektron tender tanloviga chiqarildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Vazirlikning qayd etishicha, tender tanloviga chiqarilgan yo‘nalishlarning barchasi (M1) yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir.
Ochiq elektron tender tanlovi 2026 yil 17 yanvar kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Tender tanlovi g‘oliblari shahar, shahar atrofi, viloyat ichidagi shaharlararo va shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini qo‘lga kiritadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026 yilning 16 yanvar kuni soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
18:49 / 17.05.2023
Tenderlardagi o‘yinlar: budjetning milliardlarini kim himoya qiladi?
14:40 / 24.04.2021
Tenderlar va boshqa barcha turdagi davlat xaridlari elektron shaklga o‘tadi
11:20 / 04.03.2021
Yo‘l nosozligi YTHga sabab bo‘lganda zarar to‘lab beriladi – Transport vazirligi
22:18 / 12.05.2020