Avtomobil va daryo transportini rivojlantiriş departamenti rahbari Ruslan Rözmetovning ma'lum qilişiça, Transport vazirligi Avtomobil taşuvlarini nazorat qiliş boşqarmasi inspektorlari yölovçilar va yuklar taşuvçi avtotransport vositalarida litsenziya kartoçkalari mavjud bölişini, avtomobillarda taşuvlarni amalga oşiriş şartlariga rioya etilişini, haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimiga rioya etişini nazorat qiladi.
Bu tadbirlar yölovçilar töplanadigan va yuklar ortiladigan hamda tuşiriladigan yirik punktlarda (temir yöl vokzallari va stansiyalarida, daryo portlarida, bozorlarda, metropolitenning oxirgi stansiyalarida, avtovokzallarda (avtostansiyalarda), avtobus yönalişlarining oraliq va oxirgi töxtaş bekatlarida hamda IIV Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining statsionar postlarida amalga oşiriladi.
Nazoratni amalga oşirişda inspektorlar quyidagi vakolatlarga ega:
- avtotransport vositasining oldiga kelişi, familiyasini, lavozimini aytib haydovçiga özini taniştirişi, haydovçining talabiga köra xizmat guvohnomasini körsatişi;
- haydovçilarga ularning huquqlarini tuşuntirişi;
- şaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga qat'iy rioya qilişi, öz xizmat vazifasini aniq bajarişi, haydovçiga nisbatan madaniyatli muomalada bölişi lozim.
«Inspektor avtotransport vositasining litsenziya kartoçkasini közdan keçiradi va haydovçida litsenziya kartoçkasi mavjud bölmagan taqdirda tegişli tarzda bayonnoma tuzadi. Öz örnida, haydovçi ham inspektordan şaxsini tasdiqlovçi hujjat, guvohnoma, kökrak nişoni, dislokatsiyasini söraşi mumkin.
Bir oylik qöşma reyd tadbirlari har oyda tasdiqlanadi va inspektorlar şu asosda iş olib borişadi. Bu dislokatsiya har oy özgaradi», deya Ruslan Rözmetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov vazirlik xodimlari yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda işlaşini qayd etib ötdi.












