22 aprel kuni qabul qilingan «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning yangi tahririda davlat xaridlarining barça turlari onlayn savdolar asosida amalga oşirilişi belgilab qöyildi.

Moliya vazirligi boşqarma boşliği Sarvar Nazarovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, avvalgi qonunda elektron dökon, auksion, tanlov, tender va yagona yetkazib beruvçi bilan tuziladigan şartnomalar kabi 5ta xarid turi mavjud bölgan. Lekin elektron dökon va auksiongina elektronlaştirilgan.

«Endilikda barça xarid turlari töliq elektronlaştirildi. Har bir tadbirkor takliflari tizimda turadi. Tizim jarayonni özi baholab, ğolibni ham aniqlab beradi. Bu öz-özidan xarid qiliş tartibi oçiqligi ta'minlanişiga olib keladi.

Keyingi yönalişlardan biri Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan alohida davlat xaridlari böyiça markazlaşgan axborot portali yaratiş ustida işlayapmiz.

Bu har bir jismoniy yoki yuridik şaxsga öziga kerakli ma'lumotlarni oliş imkonini beradi. Möynoqdami, Tomdi tumanidami, qanaqa xaridlar qilinyapti, budjet taşkiloti qança mablağ sarflayapti va nimalar xarid qildi, hammasi oçiq böladi.

Agar oçiq bölsa, jamoatçilik va organlar tomonidan şaffoflik ta'minlanadi. Öşa budjet taşkilotlari ham xaridlarni öylab amalga oşiradi», dedi vazirlik rasmiysi.

Qonunga köra, maxsus axborot portalida:

  • davlat xaridlari töğrisidagi axborotning jamoatçilik uçun oçiqligi;
  • davlat xaridlari sohasidagi axborotni jamlaş, unga işlov beriş va tahliliy hisobotni şakllantiriş;
  • davlat xaridlarining elektron tizimlari va boşqa axborot tizimlari bilan hamkorlikni amalga oşiriş;
  • xarid qiliş tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oşiruvçi vakolatli davlat organlari tomonidan davlat xaridlari sub'yektlarining öz vazifalarini uşbu qonun va davlat xaridlari sohasidagi boşqa qonunçilik hujjatlari talablari doirasida amalga oşirayotganligi ustidan monitoring va nazorat ötkaziş ta'minlanadi.

Portalda, şuningdek, davlat xaridlarini rejalaştiriş, xarid qiliş tartib-taomillarini amalga oşiriş, şartnoma tuziş, davlat xaridlari monitoringi va nazoratini ötkaziş jarayonlari tizimlaştiriladi.

Avvalroq, Senat majlisida «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning yangi tahriri ma'qullangani xabar qilingandi.