Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charter reyslar, chegarada qolayotgan va chipta uchun puli yo‘q vatandoshlar taqdiri - Vazirlik mas'uli bilan intervyu
12 may kuni Transport vazirligi tomonidan o‘tkazilgan brifingda xorijda qolayotgan o‘zbekistonliklarni charter reyslar orqali evakuatsiya qilish rejalari borasida ma'lumot berildi.
Kun.uz muxbiri brifingdan keyin ham ochiq qolgan bir nechta savollar bilan vazirlik matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatovga yuzlandi.

— Brifing davomida charter reyslar vaqtini ma'lum qildingiz, lekin Rossiyada qolayotgan o‘zbekistonliklar soni juda ko‘p va ularni siz aytgan reyslar bilangina olib kelish imkonsiz.
O‘zbekistonga qaytishni istayotgan boshqa fuqarolar uchun ham reyslar tashkil qilinadimi?
— O‘zbekistonga qaytishni xohlagan xorijdagi fuqarolarning katta qismi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. E'lon qilingan parvozlar ro‘yxatida Rossiyaning 8 ta shaharlaridan 11-24 may oralig‘ida charter reyslar amalga oshiriladi. Albatta, bu 8 ta aviareyslar orqali barcha fuqarolarni olib kelishning imkoniyati yo‘q. Buni fuqarolar to‘g‘ri tushunishlari lozim. Konsulliklar va elchixonalarimiz orqali qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxati shakllantirib borilyapti. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha fuqarolarni charter reyslar orqali olib kelishga harakat qilinadi. Ulardan bizni to‘g‘ri tushungan holda sabrli bo‘lishni so‘raymiz.
— Qozog‘iston chegarasida yuzlab o‘zbekistonliklar o‘z avtomashinalarida O‘zbekistonga o‘tish uchun ruxsat berilishini kutmoqda. Transport vazirligi bu masalada qo‘shnilar bilan aloqa o‘rnatdimi?
— Qozog‘iston va Rossiya chegarasida taksi xizmatini ko‘rsatuvchi bir necha yuzlab fuqarolarimiz to‘planib qolgan va buni ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaatlar orqali chiqishlarda bevosita guvohi bo‘ldik. Bu bo‘yicha Transport vazirligi tegishli idoralar bilan hamkorlikda ushbu masalaga yechim topish ustida ishlayapti. Bir jihatni alohida ta'kidlash kerak: ushbu fuqarolar Rossiya va Qozog‘istonda belgilangan karantin talablarini qo‘pol ravishda buzib harakatlanishmoqda. Qaytaraman, bu borada muzokaralar boshlandi.
— Rossiyada moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan va aviachipta uchun puli qolmagan vatandoshlarningO‘zbekistonga qaytib olishlari uchun vazirlik tomonidan ko‘mak beriladimi?
— O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan, ammo aviachipta xarid qilishga imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar masalasi individual tarzda o‘rganiladi va imkon qadar ijobiy hal qilishga harakat qilinadi.
—O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar maxsus dala shifoxonalariga joylashtirilishi aytilgan. Ayni paytda ular barcha qaytarilganlarni qabul qila oladimi?
— Xorijdan charter reyslarda kelgan fuqarolarimiz 14 kun mobaynida karantin hududiga joylashtiriladi. Bunda joy yetishmovchiligi muammosi bo‘lmaydi.
Ilyos Safarov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
Mavzuga oid

11:20 / 04.03.2021
Yo‘l nosozligi YTHga sabab bo‘lganda zarar to‘lab beriladi – Transport vazirligi

22:49 / 25.07.2020
Rossiyadan O‘zbekistonga tijorat aviareyslari amalga oshirilmoqda

20:20 / 08.06.2020
Charter reys orqali qaytayotganlar orasida virusga chalinganlar bo‘lsa, u samolyot salonidagi barchaga yuqishi mumkin - aviatsiya muhandisi

21:14 / 06.06.2020