Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
Rossiya poytaxti rahbarining ta’kidlashicha, ideal sharoitlarda shahar migrantlarsiz ham yashashi mumkin edi, ammo real demografik va iqtisodiy omillar buni imkonsiz qiladi.
Moskva yaqin kelajakda ishchi kuchining keskin tanqisligi tufayli mehnat migrantlarini jalb qilishdan voz kecholmaydi, bu hozirda taxminan 500 ming kishini tashkil etadi. Bu haqda Moskva shahar dumasi yig‘ilishida so‘zga chiqqan mer Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
Shahar rahbarining ta’kidlashicha, ideal sharoitlarda shahar migrantlarsiz ham yashashi mumkin edi, ammo real demografik va iqtisodiy omillar buni imkonsiz qiladi.
«Iqtisodiyot va demografiya, afsuski, o‘z qoidalarini belgilaydi», dedi u.
Sobyanin so‘zlariga ko‘ra, hozirgi demografik vaziyat va iqtisodiyot tuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlari migratsiya siyosatiga sinovdan o‘tgan yondashuvni talab qiladi.
Shu bilan birga, u istiqbolda kadrlar taqchilligi iqtisodiy o‘sish sekinlashgan taqdirda ham ortadi, degan fikrni bildirdi.
Shuningdek, merning ta’kidlashicha, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, migratsiya poytaxtning rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shib, yalpi hududiy mahsulotning 5-6 foizigacha ta’minlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehnat migrantlari sonining keskin qisqarishi inflatsiyaning oshishiga va asosiy sohalarda, jumladan, sanoat va mudofaa sohasida kadrlar yetishmovchiligining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Yakunda Sobyanin poytaxt rasmiylari populistik qarorlardan qochib, migratsiya sohasida izchil tartib o‘rnatish niyatida ekanini aytib, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026