Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
Shveytsariya Germaniyaga ukrainlik Yevgeniy B.ni topshirdi - uni Rossiya hokimiyati topshirig‘iga ko‘ra portlashlar tayyorlaganlikda gumon qilishmoqda. May oyida GFRda shu ish bo‘yicha yana ikki ukrainlik - Vladislav T. va Daniil B. hibsga olingan edi.
Foto: Uwe Anspach/dpa/picture alliance
Germaniyada Ukraina fuqarosi Yevgeniy B. hibsga olindi. U Rossiya davlat organlari topshirig‘iga ko‘ra josuslik va diversiyalar tayyorlashda ayblanmoqda. Germaniya federal prokuraturasi xabar berishicha, u joriy yil may oyida Shveytsariyaning Turgau kantonida qo‘lga olingan va 23 dekabr, seshanba kuni GFRga topshirilgan. Prokuratura ukrainaliklar guruhi qo‘lga olingani haqida ilk bor 14 may kuni xabar berilganini eslatdi. O‘shanda Kyoln va Konstansda Vladislav T. va Daniil B. qamoqqa olingan. Shu bilan bir vaqtda Germaniya Yevgeniy B.ni hibsga olish bo‘yicha order ham chiqargan edi.
Nemis tergovi fikricha, ayblanuvchilar Rossiya buyurtmasiga ko‘ra Germaniyada yuk transportini yoqib yuborish va portlatishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Xususan, ular GFRdan Ukrainadagi qabul qiluvchilarga portlovchi yoki yong‘in chiqaruvchi qurilmalar solingan posilkalarni yuborishni ko‘zlagan, bu posilkalar tashish jarayonida portlashi kerak bo‘lgan, deb xabar qilgan edi prokuratura. Tashish yo‘nalishlarini razvedka qilish uchun, aytilishicha, Vladislav T. 2025 yil mart oyi oxirida Kyolnga ikkita “sinov” posilkasini jo‘natgan, ular ichida boshqa narsalar qatori GPS-trekerlar ham bo‘lgan.
Tergovni Germaniyaning federal jinoiy ishlar idorasi olib bormoqda.
Mavzuga oid
15:02 / 04.03.2026
OAV: Rossiyaning gaz tashuvchi kemasi O‘rta Yer dengizida yonmoqda
14:40 / 04.03.2026
Mers: Rossiyada yo‘qotishlar 1 mlndan oshgan bo‘lishi mumkin
13:55 / 04.03.2026
Tramp: Ukraina bo‘yicha muzokaralar ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatida “juda yuqori” o‘rinda
13:21 / 04.03.2026