Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodida ro‘y bergan portlashga (aynan shu yerda rezervuar tomi havoga uchib ketgan) katta ehtimol bilan ukrainlar droni urilishi emas, balki Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi kelib tushishi sabab bo‘lgan.
18 iyun kuni kechqurun Xitoyning tiktok segmentida ushbu portlash aks etgan videorolik keng tarqaldi; keyinroq bu video Ukrainadagi telegram-kanallar bo‘ylab aylana boshladi. Katta ehtimol bilan, bu video Xitoydan kelgan shaxs tomonidan olingan – kadr ortida xitoy tilidagi so‘zlar eshitilgan.
Video boshida operator fokusni uchib borayotgan dronda tutib turadi. Keyin uning yo‘nalishida ortdan raketa uchib keladi, ammo mo‘ljaldan adashadi va neftni qayta ishlash zavodi hududida yoqilg‘i saqlanuvchi omborga kelib uriladi, shundan keyin kuchli portlash ro‘y beradi.
Astra nashri OSINT-tahlilchilari hamda «Agenstvo» bilan suhbatda bo‘lgan uch nafar tahlilchidan ikki nafari ushbu video asosida portlashga aynan raketa sabab bo‘lgani haqida xulosa bergan. Uchinchi tahlilchi esa rezervuarga pastlab uchgan va kadrda ko‘rinmagan dron urilgan, uni to‘xtatish uchun uchgan raketa esa mo‘ljaldan og‘ib ketgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan.
Astra nashri yozishicha, raketa «Pansir» kompleksidan uchirilgan. «Ozodlik radiosi» jurnalisti Mark Krutov yaqinda, iyun oyi o‘rtalarida Moskva neftni qayta ishlash zavodi yaqiniga shunday tizim joylashtirilganiga e’tibor qaratgan.
Ukraina dronlarining Moskva shahri va Moskva oblastiga 18 iyun kungi hujumi urush boshidan buyon kuzatilgan eng yirik hujum bo‘ldi. Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodidan tashqari «Sadovod» bozori va «Mega Belaya Dacha» savdo kompleksida yong‘inlar ro‘y bergan. Moskva oblastida dronlar bir necha turar joy binolariga urilgan va kamida 17 kishi yaralangan.
19 iyun kuni ham Ukraina qurolli kuchlari Moskvaga dronlar bilan hujum qilishda davom etdi. Bu safar uchuvchisiz uchish apparatlari kunduzi uchib kelgan, shahar meri Sergey Sobyanin bir yarim soat davomida ukrainlarning 37 ta droni urib tushirilgani haqida ma’lumot bergan. Hozircha qandaydir jiddiy oqibatlar haqida xabar berilmadi.
Mavzuga oid
22:13
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
18:17
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:51