Sardor Mamadaliyevga mualliflik huquqini buzgani uçun jarima qöllandi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, xonanda 2025 yil sentabr oyida Namangan viloyatining Çust tumani hududida marhum san’atkor Şerali Jörayevning “Körmişam”, “Bandaman” hamda “Karvon” qöşiqlarini omma oldida ijro etgan. Şuningdek, u öz ijrosini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylaştirgan.
Sardor Mamadaliyev buning uçun Şerali Jörayevning asarlariga nisbatan merosxör va meros boşqaruvçisi hisoblangan G.Jörayeva bilan şartnoma tuzmagan yoki uning ruxsatini olmagan.
Holat yuzasidan Adliya vazirligining Mualliflik va turdoş huquqlarni huquqiy himoya qiliş bölimi boşliği tomonidan xonandaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Xonanda öz körsatuvida uşbu harakatlari huquqbuzarlik ekanini bilmaganini aytib, suddan yengillik söragan.
“Şerali Jörayevning “Körmişam”, “Bandaman” nomli musiqiy asarlarni omma oldida ijro etib, barçaning e’tiboriga yetkazdim. Lekin “Karvon” nomli qöşiqni şoir Usmon Azimdan ruxsat olgan holatda musiqasini özim alohida bastalab kuyladim. Qilgan işimdan puşaymonman. Boşqa uşbu holatni takrorlamayman”, degan u.
JIB Çust tuman sudining qarori bilan Sardor Mamadaliyev mualliflik huquqini va turdoş huquqlarni buziş huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Unga BHMning 20 baravari, ya’ni 8 mln 240 ming söm jarima jazosi tayinlandi.
Sardor Mamadaliyev avvalroq rulda kamar taqmagani uçun jarimaga tortilgandi.












