Ko‘chmas mulk | 11:53
316
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlar kesimida fuqarolik obektlari qurilishi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda fuqarolik obektlari qurilishida 56,7 trln so‘mlik ishlar amalga oshirildi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatda fuqarolik obektlari qurilishida 56,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Ushbu yo‘nalishning jami qurilish ishlaridagi ulushi 20,7 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 27,5 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida fuqarolik obektlari qurilishi hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilgan — 14,6 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 10,1 trln so‘m va Toshkent viloyati — 6,5 trln so‘m qayd etilgan.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 4,2 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 3,4 trln so‘m, Surxondaryo viloyatida 2,8 trln so‘m, Navoiy viloyatida 2,5 trln so‘m, Xorazm viloyatida 2,3 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,2 trln so‘m, Andijon viloyatida 2 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida 2 trln so‘m, Qashqadaryo viloyatida 1,7 trln so‘m, Jizzax viloyatida 1,3 trln so‘m va Namangan viloyatida 1,1 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Mavzuga oid