Iqtisodiyot | 12:11
1620
2 daqiqa o‘qiladi

Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi

Soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish kompaniyalarining umumiy qarzi 2,5 trln so‘mga yetdi. Shundan 618,6 mlrd so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi.

Photo: Kun.uz 

2026 yil 1 iyun holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1964 tani tashkil etyapti, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Ularning umumiy qarzdorligi 2,5 trln so‘mga yetgan. Shundan 618,6 mlrd so‘mi, ya’ni 24,1 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:

  • "AZIYA INVEST FAVORITI" MChJ – 140,2 mlrd so‘m;

  • "TASH CONSTRUCTIONS HOUSE" MChJ – 102,4 mlrd so‘m;

  • "OQBULOQ OBOD GUZARI" MChJ – 92 mlrd so‘m;

  • "TAMIRLASH QURISH SERVIS" MChJ – 76,7 mlrd so‘m;

  • "AGRO ASIA TRADE SERVIS" MChJ – 39,8 mlrd so‘m;

  • "GRAND ROAD TASHKENT" MChJ QK – 38,2 mlrd so‘m;

  • "USTA OBID BREND" MChJ – 37,9 mlrd so‘m;

  • "OLTIN BALIQ" MChJ – 33,2 mlrd so‘m;

  • "NATIONAL ROAD INVEST" MChJ – 29,4 mlrd so‘m;

  • "DSK BINOKOR" MChJ – 28,8 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 817,4 mlrd so‘mni, Andijon viloyatida 329,1 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 304,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid