Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya armiyasiga kuzdagi chaqiruv - so‘nggi 9 yildagi rekord
Rossiyada 2025 yilgi kuzgi chaqiruv so‘nggi to‘qqiz yil ichida muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etdi. 1 oktyabrdan 18–30 yosh orasidagi 135 ming erkak RF armiyasiga yuborildi.
Foto: Erik Romanenko/TASS/dpa/picture alliance
2025 yilgi Rossiya armiyasiga kuzgi chaqiruv so‘nggi to‘qqiz yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani haqida RF Mudofaa vazirligi 29 dekabr, dushanba kuni Telegram’da e’lon qilgan postda aytildi. Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi raisi general-polkovnik Andrey Kartapolovning bildirishicha, kuzda 18–30 yoshli erkaklardan muddatli xizmatga chaqirilganlar soni ko‘p bo‘lishi bahorda chaqiruvchilar soni kamroq bo‘lgani va Qurolli kuchlarni rejali ravishda rivojlantirish bilan bog‘liq.
1 oktyabrda boshlanib 29 dekabrda yakunlangan ushbu kuzgi chaqiruvda 135 ming nafar muddatli xizmatchi armiyaga jo‘natildi. Bu 2016 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich: o‘sha yil shu davrda 152 ming erkak chaqirilgan edi. Kartapolovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yildagi yuqori raqamning sababi shundaki, “bahorgi chaqiruvda 160 ming chaqiruvchini olish kerak edi, (lekin — tahr.) turli sabablarga ko‘ra kamroq olindi”. “Shuning uchun kuzgi chaqiruvda raqamlar oshdi”, — dedi u.
U, shuningdek, Rossiyada Qurolli kuchlarning soni va tuzilmasini rejali tarzda kengaytirish davom etayotganini aytdi. “Yangi qismlar tuzilmoqda, jumladan Leningrad harbiy okrugida Finlandiya bilan chegarani qoplash uchun. U yerda ham kimdir xizmat qilishi kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Kartapolov.
2025 yil 1 apreldan 15 iyulgacha bo‘lgan bahorgi chaqiruv 2011 yildan beri eng yirigi bo‘lgan: o‘shanda armiyaga qariyb 219 ming erkak olib ketilgan. RF prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, 2025 yil bahorida armiyaga 160 ming rossiyalik chaqirilishi kerak edi — bu 2024 yil bahoriga nisbatan 10 mingga ko‘p.
“Verstka” nashri xabar berishicha, o‘sha payt 2 iyunga kelib armiyaga qariyb 145 ming rossiyalik chaqirilgan — bu belgilangan me’yorning 94,5 foizini tashkil etgan.
2024 yil boshidan Rossiyada chaqiruv yoshi oshirildi: shundan beri armiyaga 18–30 yoshli erkaklar chaqirilmoqda. Ilgari chaqiruvchilarning eng yuqori yoshi 27 yosh edi.
Mavzuga oid
15:22
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
14:46
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi
14:30
Germaniya TIV: Rossiya fuqarolariga nisbatan “asossiz ta’qib” yo‘q
10:15