Jamiyat | 13:24
1446
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda piyoda YPX xodimi xizmat mashinasida urib ketishi oqibatida vafot etdi

38 yoshli ayol bozorlik qilish uchun Guliston shahar bozoriga ketayotganda yo‘lning piyodalar uchun mo‘ljallanmagan qismidan kesib o‘tgan. Uni ertalabki yo‘riqnomaga ketayotgan YPX xodimi xizmat mashinasida urib yuborgan. Ayol shifoxonada vafot etgan.

Illyustrativ foto

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 31 dekabr kuni erta tongda Guliston shahrining Ahillik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Viloyat YHXBga ertalabki yo‘riqnomaga ketayotgan 37 yoshli YPX xodimi o‘ziga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat mashinasida yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgan.

1987 yilda tug‘ilgan piyoda Sh.U. bu paytda bozorlik qilish uchun Guliston shahar bozoriga ketayotgan bo‘lgan. U yo‘lning piyodalar uchun belgilanmagan qismidan kesib o‘tgan.

YTH oqibatida piyoda klinik o‘lim holatida shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay u vafot etgan.

Sirdaryo viloyati YHXB hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bermadi.

Avvalroq Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘lgandi

Mavzuga oid