Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari Tuapsedagi NQZ va portga hujum qildi
Ukrainaga tegishli uchuvchisiz apparatlar Rossiya janubidagi dengizbo‘yi shahri - Tuapsedagi neft infratuzilmasiga hujum qildi. Avvalroq dronlar Tuapsedagi «Rosneft» korxonalariga kamida sakkiz marta hujum qilgan, shu sababli ularning ishi vaqtincha to‘xtatilgan holatlar ham bo‘lgan.
Foto: TASS
31 dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya janubidagi sohil shahri Tuapsega dronlar zarba berdi. Ikki kishi jabrlandi. Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi Telegram orqali ma’lum qilishicha, turar joy binolari, port va neftni qayta ishlash zavodi shikastlangan.
Ularning ma’lumotiga ko‘ra, «Rosneft» kompaniyasiga qarashli NQZda hujum ortidan yong‘in chiqqan, u tezkor ravishda o‘chirilgan. Shuningdek, to‘rtta ko‘p qavatli uy va bitta xususiy uy, shu bilan birga turar joy sektoridagi gaz quvuri ham zarar ko‘rgan.
Rossiyaning Astra Telegram-kanali va Ukrainaning Exilenova+ kanali NQZdagi kuchli yong‘in aks etgan suratlarni e’lon qildi. Ularda alanganing ustuni bir necha metr balandlikka ko‘tarilgani ko‘rinadi.
Tuapsega zarbalar haqida na Rossiya, na Ukraina harbiylari rasman ma’lumot bergan. Shot Telegram-kanali ma’lumoticha, shahar osmonida 15–20 ta portlash ovozi eshitilgan.
Urush boshlanganidan beri Ukraina Tuapse NQZ va shahardagi «Rosneft»ning eksport terminaliga kamida sakkiz marta hujum qilgan. Eng oxirgisi — 2025 yil noyabr oyida. Ayrim holatlarda korxona ishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
11:02
Ukraina dronlari hujumidan keyin Krasnodar o‘lkasida NQZ yonib ketdi
09:10
Rossiyada ilk bor ommaviy ravishda “raketa xavfi” e’lon qilindi
08:52
Gana Ukrainadagi urushda 55 nafar fuqarosi halok bo‘lganini ma’lum qildi
14:49 / 27.02.2026