Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kran-Montana fojiasi: qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi
Shveytsariyaning Kran-Montana shahrida yangi yil bayrami paytida sodir bo‘lgan fojiali yong‘in oqibatida o‘nlab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabar O‘zbekistonda katta qayg‘u bilan qabul qilindi.
Bayonotda marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirilib, jarohatlanganlarga tez fursatda sog‘ayib ketish tilaklari izhor etilgan.
Shuningdek, mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi va Shveytsariyadagi diplomatik vakolatxonalari mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aniqlanmagan.
2026 yil 1 yanvar (yangi yil kechasida) Shveytsariyaning tog‘-chang‘i kurorti Kran-Montana shahridagi Le Constellation nomli barda yong‘in sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in tez tarqalgan va bino ichida odamlar ko‘p bo‘lgani sababli evakuatsiya qiyin kechgan. Oqibatda taxminan 40 kishi halok bo‘lgan, 115 nafarga yaqin inson jarohat olgan.
Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov davom etmoqda, hozircha terrorchilikka oid alomatlar qayd etilmagan.
Mavzuga oid
09:35
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026