Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa vakillari Kiyevda tinchlik rejasini muhokama qildi
Yevropa mamlakatlarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari 20 banddan iborat tinchlik rejasini muhokama qilish uchun Kiyevga keldi.
Foto: AP
Ukrainaning bosh muzokarachisi Rustem Umerovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Kanada va NATO vakillari hamda Yevropa mamlakatlari vakillari ishtirok etdi.
Zelenskiy X tarmog‘idagi sahifasida xavfsizlik kafolatlari, rekonstruksiya va tiklanishning bazaviy asoslari bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
"Biz shuningdek, AQSh bilan uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz", - deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Muzokaralarda ishtirok etgan Ukrainaning yana bir vakili Aleksandr Bevzning aytishicha, YeI mamlakatlari bilan xavfsizlik kafolatlari rejasi birinchi mudofaa chizig‘i sifatida Ukraina qo‘shinlari turishi, mamlakatda Yevropa mamlakatlari rahbarligidagi qo‘shinlarni joylashtirishi hamda AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishini o‘z ichiga oladi.
Prezident Volodimir Zelenskiy muhokamalardan keyin o‘tkazilgan brifingda xavfsizlik kafolatlarida Ukrainada kamida Fransiya va Buyuk Britaniya harbiylari joylashtirilishi ko‘zda tutilishi lozimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
10:37
Yuzlab dronlar va aviabombalar: Zelenskiy - Rossiyaning bir haftalik zarbalari haqida
09:01
Zelenskiy: AQShning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari 100 foizga tayyor
22:47 / 25.01.2026
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
13:18 / 24.01.2026