Foto
Viruslar geografiyasi özgarib bormoqda: ilgari faqat ayrim hududlarda uçragan infeksiyalar endi butunlay boşqa mintaqalarda ham qayd etilmoqda. Infeksion kasalliklar böyiça şifokor va tadqiqotçi Patrik Jyekson mazkur yilda aynan qaysi viruslar keng tarqalişi, ularning jamoat salomatligi uçun ehtimoliy xavflari haqida ma’lumot berdi.
Quş grippi (A turdagi gripp, H5N1)
A turdagi gripp viruslari odamlarda ham, köplab hayvonlarda ham uçraydi va juda tez mutatsiyalanadi. 2009 yilda aynan şu turdagi virus hisoblangan H1N1 global pandemiyani yuzaga keltirgan va birinçi yildayoq dunyo böylab 280 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bölgan. Uşbu virus “çöçqa grippi” nomi bilan tanilgan va dastlab Meksikada çöçqalarda aniqlangan.
Çöçqa grippi tajribasi bugun quş grippi bilan boğliq xavotirlarni kuçaytirmoqda. Çunki A turdagi gripp viruslari hayvonlardan odamlarga ötiş, bir-biri bilan aralaşib, yangi va yanada xavfli şakllarni hosil qiliş xususiyatiga ega.
Şu sababli, sönggi yillarda mutaxassislar H5N1 quş grippi virusiga alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur virus bilan hastalaniş ilk bor 1997 yilda Xitoyning janubidagi odamlarda kuzatilgan. Yovvoyi quşlar orqali u turli davlatlarga tarqalgan. 2024 yilda esa AQŞda ilk bor sut soğib olinadigan qoramollarda tarqalib, bir neçta ştatlarga yoyilib ketgan.
Virusning quşlardan qoramol kabi sutemizuvçilarga ötişi mutaxassislarni jiddiy xavotirga solmoqda. Çunki bu holat 2009 yildagi çöçqa grippi ssenariysi takrorlanişi mumkinligini eslatadi. Tadqiqotlarga köra, hozirga qadar sigirdan insoniga yuqiş holatlari ham qayd etilgan.
Infeksion kasalliklar böyiça şifokor Patrik Jyeksonning ma’lum qilişiça, 2026 yilda olimlar H5N1 virusining odamdan odamga yuqiş bosqiçiga ötgan-ötmaganini sinçiklab tekşiradi. Agar virus bu bosqiçga yetsa, u çöçqa grippi singari yangi global pandemiyaga sabab bölişi mumkin. Ayni vaqtda mavjud gripp vaksinalari H5N1dan töliq himoya qilmaydi, mutaxassislar aynan uşbu virusga qarşi yangi vaksinalar ustida iş olib bormoqda.
Mpox
Avval “maymunçeçak” nomi bilan tanilgan mpox virusi 1950 yillarda ilk bor qayd etilgan. U asosan kemiruvçilar orasida tarqaladi va vaqti-vaqti bilan odamlarga yuqadi. Mpox çeçak virusiga öxşaş bölib, isitma va bir neça hafta davom etuvçi oğriqli toşmalar bilan keçadi.

















