Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzliklarning erishi noma’lum viruslar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin
Nobel mukofoti sovrindori insoniyat uchun potensial xavflar haqida ogohlantirdi.
Foto: Fotolia / ykumsri
Insoniyat muzliklar va abadiy muzloqlarda saqlanib qolgan qadimiy viruslarning ehtimoliy tarqalishiga tayyor emas. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori hamda BMT bosh kotibining iqlim masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Raye Kvon Chung OAVga bergan intervyusida shunday dedi.
Uning aytishicha, viruslar Grenlandiya, Kanadaning shimoliy hududlari va Rossiyaning muz qatlamlari hamda abadiy muzliklarida saqlanib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Muzliklar eriganda esa bu mikroorganizmlar atrof-muhitga tarqalishi xavfi bor. Ilm-fan hozircha aynan qaysi viruslar faol bo‘lishi mumkinligini aniq bilmaydi, deb ta’kidladi olim.
“Biz hatto u yerda qanday viruslar borligini ham bilmaymiz. Sibir yarasi bilan bog‘liq vaziyat — faqat bitta misol, ammo bunday holatlar ko‘p bo‘lishi mumkin”, — deb tushuntirdi Raye Kvon Chung.
U, shuningdek, bir necha yil oldin chop etilgan ilmiy ma’ruzadan iqtibos keltirdi. Ma’ruza xulosalarida abadiy muzliklar erishi natijasida yuzlab viruslar yuzaga chiqishi, ularning ayrimlari insonlar uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkinligi aytilgandi.
Avvalroq dunyodagi eng yirik aysberg bir yilda o‘z maydonining qariyb 9 foizidan ayrilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:57 / 01.04.2026
Aprelning ilk kunlari issiq va yog‘inlarga boy bo‘ladi
07:39 / 01.04.2026
Xarita: suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
23:36 / 30.03.2026
Aprelda ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi
19:21 / 30.03.2026