Venesuelaning AQŞ tomonidan qölga olingan rahbari Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu York Janubiy okrug federal sudining dastlabki majlisida barça ayblovlarni rad etdi. Ularning ikkisiga ham «narkoterrorizm» böyiça ayblov qöyilgan. Keyingi sud majlisi 17 mart kuniga belgilandi.

Venesuelada esa vitse-prezident Delsi Rodriges vaqtinça davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi. Bundan biroz oldinroq Donald Tramp agar AQŞ bilan hamkorlikdan boş tortadigan bölsa, unga jiddiy oqibatlar bilan tahdid qilgandi. Bunga javoban Rodriges Qöşma Ştatlarni «tinç-totuv yaşaş»ga çaqirgan.

Maduro va uning rafiqasi sudda

AQŞ amaliyoti çoğida qölga olingan Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu York vaqti bilan duşanba tongida vertolyot orqali Nyu Yorkdagi sud binosiga keltirildi.

Tarqalgan suratlarda Maduro va Floresga Amerika Giyohvand moddalarga qarşi kuraş departamenti xodimlari hamrohlik qilayotganini köriş mumkin. Venesuela yetakçisi va uning rafiqasi kişanlangan, buğdoy rangidagi kurtka va şimda bölişgan – AQŞda mahbuslar formasi şunday rangda böladi.

Avvalroq AQŞ boş prokurori Pem Bondi Maduro va uning rafiqasiga qarşi «narkoterrorizm», qurol saqlaş va giyohvand moddalar kontrabandasi böyiça ayblovlar qöyilganini ma’lum qilgandi.

Amerika naşrlari yozişiça, Maduro federal sud majlisi zaliga qamoqxona formasida, oyoği kişanlangan holda (qöli esa boğlanmagan) olib kirilgan va tarjimon xizmatidan foydalangan holda ispan tilida gapirgan.

Ayblov xulosasida narkoterrorizm maqsadida til biriktiriş, avtomatik qurol va portlovçi qurilmalarni saqlaş kabi törtta band sanab ötilgan.

Işni 92 yoşli okrug sudi Elvin Hellerstin olib bormoqda, Maduro advokatlikka WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning manfaatlarini himoya qiliş orqali tanilgan Barri Joel Pollakni yollagan.

Amerika naşrlari xabar berişiça, Maduro öziga qöyilgan barça ayblovlarni rad etgan. U Venesuelaning qonuniy prezidenti ekanini aytib, özini harbiy asir deb atagan.

Uning rafiqasi Siliya Flores ham aybga iqror bölişdan boş tortgan.