Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesueladan Rossiya, Xitoy, Eron va Kuba bilan aloqalarni uzishni talab qildi – OAV
Shuningdek, AQSh kompaniyalariga neft sotish ustuvorligi bilan eksklyuziv hamkorlikka rozi bo‘lish ham talab qilinmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuela rahbariyatidan Xitoy, Rossiya, Eron va Kuba bilan iqtisodiy aloqalarni butunlay uzishni, shuningdek, AQSh kompaniyalariga neft sotish ustuvorligi bilan eksklyuziv hamkorlikka rozi bo‘lishni talab qildi. Bu haqda ABC News manbalarga tayanib xabar berdi.
Senator Rojyer Uiker so‘zlariga ko‘ra, AQSh rejasi Venesuela neft tankerlari nazorati ustiga qurilmoqda, ular hozir to‘liq to‘ldirilgan. Uning ta’kidlashicha, agar eksport tiklanmasa, Karakasda moliyaviy inqirozga bir necha hafta qolgan.
«Gap joylarda qo‘shinlarni joylashtirish haqida ketmayapti... Bu shunchaki bizning rejalarimizga kirmaydi», dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategiya harbiy-dengiz blokadasi va iqtisodiy bosimni o‘z ichiga oladi.
Prezident Tramp allaqachon Venesuelaning muvaqqat hukumati AQShga sotish uchun 30 milliondan 50 million barrelgacha neft berishini, olingan mablag‘lar esa «Venesuela xalqi va Qo‘shma Shtatlar manfaati uchun» Vashington nazorati ostida bo‘lishini aytgan edi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:50 / 11.07.2026