Yevropa Ittifoqi mansabdorlari va diplomatlari AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Grenlandiya — Daniyaning avtonom hududi ustidan nazorat örnatişga qaratilgan ehtimoliy urinişlariga tösqinlik qiliş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda 8 yanvar, payşanba kuni Politico naşri xabar berdi. Naşr YeI ekspertlari va NATO içidagi manbalar bilan suhbatlaşgan. Ularning ma’lumotlariga köra, Bryussel bir vaqtning özida bir neça ssenariyni tayyorlayapti.
Xususan, Yevrokomissiyaning sentabrda tayyorlangan loyihasiga köra, YeI uzoq muddatli budjet rejalari doirasida Grenlandiyaga ajratiladigan xarajatlarni ikki baravardan köproq oşirişni rejalaştirmoqda. 2028 yildan boşlab yetti yillik davr uçun uşbu maqsadlarga 530 mln yevro ajratiş böyiça muzokaralar ketmoqda. Bu moliyalaştiriş Daniyaning avtonom hudud bilan kelişuvi doirasida Grenlandiyaga allaqaçon yönaltirayotgan mablağlarini töldiradi.
Şuningdek, Grenlandiya Yevropa davlatlari bilan boğliq bölgan olis hududlar uçun YeIdan qöşimça 44 mln yevro miqdorida moliyalaştiriş olişga ariza topşirişi mumkin. Hozirgi bosqiçda Daniyadan kelayotgan mablağlar ijtimoiy ta’minot, soğliqni saqlaş, ta’lim va ekologik rivojlanişga sarflanmoqda. Yangi rejalarga muvofiq, ustuvor yönalişlar kengaytiriladi, investitsiyalarning bir qismi esa mineral resurslarni qazib olişga yönaltiriladi.
Yana bir ssenariy doirasida Yevropa Ittifoqi AQŞ tomonidan savdoda kamsitiş (diskriminatsiya) bölsa, javob çoralarini joriy etişi mumkin. 2025 yil iyul oyida — Bryussel va Vaşington örtasidagi kelişuvlardan keyin mazkur mexanizm keçiktirilgan edi, ammo agar Tramp Grenlandiya borasida qat’iy qadamlar taşlasa, uni qayta işga tuşiriş mumkin.
Bundan taşqari, masala NATO liniyasi böyiça murosaga kelib taqalişi ham mumkin. Ikki diplomatning sözlariga köra, alyans “Şarqiy qöriqçi” (Eastern Sentry) va “Boltiq qöriqçisi” (Baltic Sentry)ga öxşaş tarzda “Arktik qöriqçi” (Arctic Sentry) dasturini işga tuşirişi mumkin. Politico yozişiça, murosaviy strategiya doirasida Şimoliy Atlantika alyansining Grenlandiya atrofidagi iştiroki kengaytiriladi va Trampning talablari “imkon qadar maksimal darajada” qondiriladi.
NATOdagi uç diplomatning aytişiça, alyans Arktikada mudofaa xarajatlarini oşiriş, mintaqadagi harbiy maşğulotlar sonini köpaytiriş va Grenlandiya xavfsizligini ta’minlaş uçun qöşin joylaştiriş imkoniyatlarini ham körib çiqişi mumkin.
Şuningdek, Yevropa davlatlari, agar Daniya şunday iltimos qilsa, AQŞning ehtimoliy bostirib kirişini tiyib turiş maqsadida Grenlandiyaga Yevropa kontingentini joylaştiriş imkoniyatini ham örganişi kerak.
Şu orada Time jurnali xabar berişiça, respublikaçilar orasida AQŞning Venesueladagi operatsiyasidan keyin parçalaniş belgilari körina boşlagan: Respublikaçilar partiyasining ayrim nufuzli a’zolari Grenlandiyani “egallab oliş” tahdidlari uçun Trampni omma oldida tanqid qilmoqda.
“Bu — aql bovar qilmaydigan iş. Grenlandiya NATO ittifoqçisidir. Daniya — eng yaxşi döstlarimizdan biri. Şuning uçun ular bilan bunday munosabatda böliş haqiqatan ham haqoratli va bunda heç qanday ijobiy tomon yöq”, — dedi CNN telekanaliga Nebraska ştatidan kongressmen Don Bekon.
Bundan oldin Politico ekspertlar va Vaşingtondagi manbalarga tayanib, AQŞ 2026 yil oxirigaça Grenlandiya ustidan nazorat örnatiş niyatida ekanini xabar qilgan edi. Xususan, Tramp ma’muriyati orolda siyosiy muvozanatni jiddiy özgartiriş va mahalliy siyosatçilarni “sotib oliş” maqsadida “yaşirin ta’sir kampaniyasi”ni taşkil etişga urinişi mumkin.
Oq uy allaqaçon rasmiy Kopenhagenni çetlab ötib, Donald Tramp Grenlandiya hokimiyatiga imzolaşni taklif qiladigan “erkin assotsiatsiya” töğrisidagi bitim loyihasini tayyorlamoqda. Bunday şartnoma asosida AQŞ qurolli kuçlari orol hududida töliq erkin harakat qiliş imkoniyatiga ega bölişi, evaziga esa bojsiz savdo taklif qilinişi mumkin. AQŞ şunga öxşaş kelişuvlarni allaqaçon Mikroneziya Federativ Ştatlari, Marşall orollari Respublikasi va Palau Respublikasi — Tinç okeanidagi kiçik davlatlar bilan tuzgan.
Daniya hokimiyati Grenlandiyaga bosim ötkazişni yöl qöyib bölmaydigan holat, deb atab, Arktika mintaqasi boşqa davlatlar aralaşuvisiz “öz kelajagini özi belgilaşni istaydi”, deya ta’kidlamoqda.
Yaqinda yetti Yevropa davlatining yetakçilari orolni qöllab-quvvatlaşini bildirgan. “Grenlandiya uning xalqiniki. Faqat Daniya va Grenlandiya Daniya va Grenlandiyaga oid masalalarni hal qiliş huquqiga ega”, — deyiladi qöşma bayonotda. Uni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, şuningdek Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Polşa boş vaziri Donald Tusk, Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Daniya boş vaziri Mette Frederiksen imzolagan.












