Eron rejimi dekabr oxirida boşlangan ommaviy namoyişlarga elektron aloqa kanallarini bloklaş orqali javob bermoqda. 8 yanvar keçqurundan beri Eron amalda internetdan uzib qöyilgan. SMS yuboriş va mobil internet (mobil ma’lumot uzatiş) işlamaydi, mobil aloqa esa keskin çeklangan. “Barça aloqa kanallarida, ayniqsa Starlink tarmoğida katta uzilişlar kuzatilmoqda”, — deya DW'ga bergan izohida tasdiqladi Miaan Group taşkilotida raqamli huquqlar va kiberxavfsizlik böyiça direktor Amir Raşidiy. Uning fikriça, Eron hokimiyati internetni uzoq muddatga öçirib qöyişi mumkin. “Çunki rejim uçun bu — tirik qoliş masalasi”, — dedi ekspert.

8 yanvar kuni namoyişlarning dastlabki soatlarida olingan videolarda butun mamlakat böylab köplab odamlar köçalarga çiqqanini köriş mumkin. “Biz şunçaki sayr qilmoqçimiz”, — deb yozgan ularning köpçiligi bundan oldin şaxsiy xabarlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda postlar orqali. 8–9 yanvar kunlari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da yiğiliş va köçada yoki balkonlardan turib rejimga qarşi şiorlar aytiş çaqiriqlari sönggi kunlardagi ilk muvofiqlaştirilgan aksiya böldi.

Bu taşabbusni sönggi şohning öğli, 1979 yildan beri AQŞda muhojirlikda yaşayotgan şahzoda Rizo Pahlaviy ilgari surdi. “Sizning reaksiyangizga qarab, keyingi harakatlar haqida e’lon qilaman”, — dedi 65 yoşli Pahlaviy Instagram’dagi videomurojaatida. Bu videoni 80 milliondan ortiq odam tomoşa qilgan.

Biroq Erondagi namoyişçilar haqiqatan ham monarxiyani qaytarişni xohlayaptimi-yöqmi — hali aniq emas. Monarxiya 1979 yil inqilobi çoğida tugatilgan. Eron aholisining örtaça yoşi hozir taxminan 33–34 yoş, şuning uçun şoh davridagi hayot qanday bölganini eslaydiganlar tobora kamaymoqda. Ayni paytda şahzoda Rizo Pahlaviy muxolifat guruhlari orasida yetakçilar yetişmasligidan foydalanib, Eronda siyosiy ta’sirini tiklaşga urinayotgani aytiladi.

Mamlakat içidagi hozirgi şaroitda rejimga qarşi qarşilik tuzilmalari deyarli şakllana olmaydi. 1979 yildan beri Eron hokimiyati uçun repressiyalar, muxolifatga qarşi maqsadli hujumlar odatiy hol hisoblanadi. Öşa paytda oyatulloh Xomeyniy boşçiligidagi diniy, konservativ qanot hokimiyatga kelgan va şundan buyon mamlakatdagi har qanday muxolifatni tizimli ravişda bostirib kelmoqda. Oxirgi 25 yil içida ommaviy namoyişlar bir neça bor qattiqqöllik bilan tarqatilgan.

Bu vaziyatda advokat Marziya Mohebiy xalqaro hamjamiyatga murojaat qilmoqda. “Siz Erondagi namoyişçilarni yolğiz qoldirmasligingiz kerak”, — deb yozadi u DW uçun izohida. 2022 yilda “Ayol, hayot, erkinlik” şiori ostida namoyişlar tölqiniga sabab bölgan Mahsa Aminiyning ölimidan keyin advokatning özi ham xavfsizlik kuçlari diqqat markaziga tuşgan va Eronni tark etişga majbur bölgan. U ikki yildan beri Fransiyada muhojirlikda yaşaydi. “Keça keçqurun mening tuğilgan şahri Maşhadda barça mahallalarda köçaga çiqqanlar oqimi juda katta böldi”, — dedi Mohebiy. Uning aytişiça, “namoyişlar yangi şakl oldi: unda faqat yoşlar emas, köplab oilalar ham qatnaşmoqda”. “Internet oçiq bölgan paytda, namoyişçilar bilan xavfsizlik kuçlari örtasida töqnaşuvlar haqida xabarlar kelib tuşayotgan edi”, — dedi advokat.