Rossiyalik propagandaçi Vladimir Solovyov özining «Solovyov LIVE» mualliflik dasturi efirida Rossiya Ukrainada bölgani kabi possovet hududidagi boşqa mamlakatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» ötkazişi mumkinligi haqida gapirdi.
U efirda AQŞning Grenlandiya va Venesuelaga nisbatan harakatlarini eslagan.
«Dunyo özi uçun aniq belgilab oldi. Amerika şunday demoqda: «Bu meniki va men barça qonunlarga tupuraman. Yevropaning ertaklariga tupuraman, menga Grenlandiya kerak – uni olaman. Men barça kelişuvlaringizga tupuraman, menga Venesuela kerak – uni olaman».
Şundan söng Solovyov Rossiyaning harakatlari bilan parallel ötkazgan va «ta’sir hududlari»ni muhokama qilgan. Uning fikriça, hozirda Moskva uçun ustuvor vazifa Suriya ham, Venesuela ham emas, balki Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlari bölişi kerak.
«Biz öz pozitsiyalarimizni yöqotmasligimiz kerak. Ammo biz uçun eng asosiysi – özimizga yaqin xorij mamlakatlari. Armanistondagi voqealar biz uçun Venesueladagi voqealardan köra ança oğriqli. Armanistondan ayriliş – biz uçun ulkan muammo.
Bizning Osiyo, Örta Osiyo, ular Markaziy Osiyo deb ataydigan mintaqadagi muammolar – Rossiya uçun ulkan muammo bölişi mumkin. Va biz öz maqsad va vazifalarimizni juda aniq belgilab olişimiz kerak. Şuni oçiq aytiş kerak: «Öyinlar tugadi».
Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik. Agar milliy xavfsizligimiz uçun Ukraina hududida «SVO» (Rossiya rasmiylari Ukrainadagi uruşni maxsus harbiy amaliyot deb ataydi) boşlaşimiz kerak bölgan bölsa, nega aynan şu mantiqdan kelib çiqib, ta’sir doiramizning boşqa nuqtalarida ham «SVO» boşlay olmas ekanmiz?
Balki milliy doktrinamizni aniq ifodalab oliş kerakdir? Va bizning ta’sir doiramiz qayerda ekanini oçiq aytişimiz lozim. Şunda hammasi oydinlaşadi. Hammasi…», – degan propagandaçi.
Qayd etiş kerakki, Solovyov Rossiyaning eng agressiv propagandaçilaridan biri bölib, bundan oldin ham öz çiqişlari bilan MDH mamlakatlari jamoatçiligida keskin norozilik uyğotgan.
Jamoatçilik reaksiyasi
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlari doktori, professor








