Iqtisodiyot | 11:43 / 15.01.2026
2379
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2026–2029 yillar davomida yengil sanoat hamda unga bog‘liq tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan qator sub’yektlar uchun soliq imtiyozlari va yengilliklar joriy etiladi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Tegishli farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan yengil sanoat korxonalarida quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining korxona ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha paxta tayyorlash punktlari faoliyatining mavsumiyligi inobatga olinib, ushbu punktlarga mol-mulk va yer soliqlarini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar qator imtiyozlar amal qiladi. Xususan:

  • tijorat banklari balansidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining mol-mulklari investorlarga realizatsiya qilinganda QQSdan ozod etiladi;
  • tijorat banklari balansidagi ushbu korxonalar mol-mulklarini xarid qilgan investorlarga korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini 6 oyda to‘liq tiklash sharti bilan, 1 yil muddatga mol-mulk solig‘ini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lash huquqi beriladi;
  • charm-poyabzal, mo‘ynachilik korxonalari, shuningdek chorva mollarini so‘yish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun belgilangan foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid