Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga davlat budjeti hisobidan xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi
“Tibbiyot sohasida xususiy sektorni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Foto: Shutterstock
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan:
- nodavlat tibbiyot tashkilotlariga davlat tibbiy sug‘urtasi hamda litsenziya doirasida barcha yo‘nalishlarda bemorlarga Davlat budjeti hisobidan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Bunda davolash xarajatlari davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona bazaviy narxlar asosida qoplab beriladi;
- Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida bemorlarga tibbiyot tashkilotlarida ixtisoslashtirilgan ambulator tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun yo‘llanma berish tartibi joriy etiladi;
- bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larni tibbiyot tashkilotlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi hamda kasalliklar yo‘nalishlari kesimida oylik mablag‘lar hajmini belgilash tartibi joriy qilinadi;
- tibbiyot tashkilotlari tomonidan tibbiy faoliyat uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida to‘xtatib turish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- tug‘uruqni qabul qilish yo‘nalishida tibbiyot tashkilotlarini tashkil etishda bakteriologik laboratoriya xizmatlarini autsorsing asosida yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
- Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Agentlik) etib qayta nomlanadi.
Mavzuga oid
19:22 / 23.05.2026
O‘zbek jarrohi tomonidan ilk bor masofadan turib robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
07:31 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
07:12 / 06.05.2026