Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
Noble Capital RSD investitsiya fondi 1916 yilda chiqarilgan Rossiya imperiyasi obligatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni Rossiya Federatsiyasi uchun tan olishni talab qilmoqda.
Amerikaning Noble Capital RSD investitsiya fondi 1916 yilda chiqarilgan Rossiya imperiyasi obligatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni Rossiya Federatsiyasi uchun tan olishni talab qilib, Rossiya rasmiylariga qarshi AQSh federal sudiga da’vo arizasi kiritdi, deb yozdi RBK.
Rossiya Federatsiyasi, Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Milliy farovonlik jamg‘armasi da’vo bo‘yicha javobgar deb e’lon qilingan. Da’vo summasi - 225,8 milliard dollar.
Investfondning ta’kidlashicha, imperiya obligatsiyalari bo‘yicha qarz Rossiyaning Qrim anneksiyasi va Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyin xorijda muzlatilgan Rossiya suveren aktivlari hisobidan qoplanishi mumkin, deb qayd etdi nashr.
RBK bilan suhbatlashgan huquqshunoslarning fikricha, Noble Capital fondining Rossiyadan 225,8 milliard dollar undirish uchun real imkoniyatlari juda past. Ularning fikricha, da’vo «AQSh hukumatini Ukraina foydasiga siyosiy musodara qilish o‘rniga muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishning xususiy-huquqiy muqobiliga yo‘naltirish» uchun berilgan bo‘lishi mumkin.
Rossiya Markaziy bankining 260 milliard yevrolik aktivlari 2022 yilda urush boshlanganidan keyin G‘arb mamlakatlarida muzlatib qo‘yildi. Mablag‘larning katta qismi, taxminan 193 milliardi Belgiyaning Euroclear depozitariysida saqlanadi.
2025 yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqi Rossiya urushni to‘xtatmaguncha va Ukraina tomoniga yetkazilgan zararni qoplamaguncha uning aktivlarini muddatsiz muzlatishni ma’qulladi.
Ushbu aktivlardan, jumladan, Ukrainaga yordam sifatida foydalanish Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri muhokama qilinmoqda. Biroq, hozircha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rasmiylari bu borada kelishib olgani yo‘q.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026