Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu Trampdan Eronga hujum qilmaslikni so‘ragan – OAV
Ikki davlat yetakchilari 14 yanvarda, AQSh Eronga zarba berishi kutilayotgan kunda telefon orqali muloqot qilgan.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi qaroriga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ogohlantirishi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Axios portali amerikalik va isroillik mulozimlarga tayanib.
"U Trampga Isroil Eronning ehtimoliy javob zarbasidan o‘zini himoya qilishga tayyor emasligini, buning ustiga, Isroilga Eron raketalarini tutib qolish uchun yordam berishga mintaqada AQSh kuchlari yetarli emasligini aytgan. Bundan tashqari, Netanyahu AQShning hozirgi rejasi yetarlicha ta’sirli emasligini va kerakli natija bermasligini bildirdi, dedi bosh vazirning yordamchisi", - deb yozadi nashr.
Ikki davlat yetakchilari 14 yanvarda, AQSh Eronga zarba berishi kutilayotgan kunda telefon orqali muloqot qilgan. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad Salmon ham Trampning Ernga zarba berishiga qarshilik bildirgan, deyiladi Axios xabarida.
"Hududda harbiy texnikaning yetarli emasligi, Isroil va Saudiya Arabistonining ogohlantirishlari hamda maslahatchilarning xavotirlari, eronliklar bilan norasmiy kanallar orqali maxfiy muzokaralar natijasida Tramp hujum qilmaslikka qaror qilgan", - deb yozadi nashr.
Tramp Erondagi norozilik namoyishlari fonida mamlakatga qarshi kuch ishlatishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 07.02.2026
«Tinchlik kengashi»ning birinchi yig‘ilishi 19 fevralda bo‘lib o‘tadi – OAV
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026