Toşkent-Çorvoq pulli avtomobil yölini uç yilda quriş rejalaştirilyapti. Bu haqda «Avtoyölinvest» agentligi direktori örinbosari Asliddin Isayev Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Qatarning Protocol Group va Janubiy Koreyaning Korea Expressway Corporation kompaniyalari bilan dastlabki kelişuvlarga erişildi. Hozir loyihalaştiriş uçun xalqaro konsalting kompaniyalari jalb qilingan. Yöl uç yildan keyin foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan», — dedi u.
Isayevning ta’kidlaşiça, hozirda Toşkentdan Çorvoqqaça bölgan örtaça qatnov vaqti 80 daqiqani taşkil etadi. Yangi yöl qurilgandan söng, bu taxminan 35 daqiqagaça qisqaradi.
Mazkur loyiha Böstonliq tumaniga sayyohlar oqimining oşişiga xizmat qilişi va uşbu yönalişda tez-tez yuzaga keladigan tirbandliklar muammosini hal qilişi kerak. Avtomobil magistralining umumiy uzunligi 52 kmni taşkil etadi.
Avvalroq, joriy yilda Qamçiq dovoni orqali ötuvçi Toşkent-Andijon pulli yölini quriş böyiça amaliy işlar boşlanişi ham xabar qilingandi. Yangi yöl qurilişi natijasida Toşkentdan Andijonga boriş vaqti hozirgi 5−5,5 soatdan 2−2,5 soatgaça qisqaradi.

















