«Toşşahartransxizmat» AJ tarkibidagi «Toşavtobustrans» MÇJ tomonidan 1226-sonli «Maşinasozlar metrosi — Çorboğ (Humson qörğoni)» avtobus yönalişi faoliyati qayta tiklanadi.

Yönalişga 47 örindiqli, konditsionerlar bilan jihozlangan MAN RR3 rusumli zamonaviy turistik avtobuslar biriktiriladi. Yölkira narxi 25 ming söm etib belgilangan.

Avtobuslar Maşinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 06:00 da harakatni boşlaydi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oşirilib, safar vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqani taşkil etadi. Sönggi qatnov Çorvoq tomondan soat 20:30 da amalga oşirilib, soat 22:00 da Maşinasozlar metrosida yakunlanadi.

Yönaliş Maşinasozlar metrosi bekatidan boşlanib, Maxtumquli köçasi, Yangi Özbekiston boği, Hojikent mavzesi va Çinorkent orqali Xumson qörğonigaça harakatlanadi.

Qayd etilişiça, yölovçilar uçun naqd pul va bank kartalari orqali tölov qiliş imkoniyati yaratilgan.